Shuhrat Mamajonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Shuhrat Mamajonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shuhrat Ahmadjonovich Mamajonov
Tavallud sanasi 16-mart 1970-yil (1970-03-16) (55 yosh)
Tavallud joyi Dushanbe, Tojikiston SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1992 Pomir Dushanbe 27 (0)
1992 Chornomorets Odesa 0 (0)
1993 Pomir Dushanbe ? (?)
1995 Navbahor Namangan 4 (0)
1996 Temiryoʻlchi Qoʻqon 16 (3)
1997 MHSK Toshkent 8 (0)
1998—2000 Temiryoʻlchi Qoʻqon 34 (3)
2000—2003 Nasaf Qarshi 48 (2)
Milliy terma jamoa
1992—2004 Tojikiston 12 (0)
Boshqargan klublari
2003—2004 Nasaf Qarshi (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shuhrat Ahmadjonovich Mamajonov (1970-yil 16-martda tugʻilgan) – sovet va tojikistonlik sobiq futbolchi. Hozirda bolalar futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Biografiya

| ]

Shuhrat juda yosh vaqtidan, 9 yoshidan futbol oʻynay boshlagan. Bolalar oʻsmirlar maktabidagi birinchi murabbiyi Stepan Konstantinovich Burlachko edi. 1982-yilda „Xosilot“ jamoasi yoshlar jamoasiga murabbiy sifatida Burlachkoni klubga taklif qilishdi. Burchalko Dushanbe shahar chempionatida ishtirok etish uchun iqtidorli bolalarni jamoaga taklif etdi. Shuhrat ham ular safida bor edi.

1989-yil mart oyida „Xosilot“ jamoasidan „Pomir“ oʻrinbosarlar jamoasiga qabul qilingan. 1990-yildan esa asosiy jamoa bazasiga oʻtkazildi. Asosiy jamoada birinchi bor 1990-yil 20-aprelda „Pomir“ safida Volgogradning „Rotor“ jamoasiga qarshi safarda maydongga tushgan. Debyut oʻyini omadsiz kechdi va „Pomir“ jamoasi safardagi oʻyinda 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Shuhrat „Pomir“ klubi safida SSSR chempionatlarida jami 27 oʻyin oʻtkazgan.

1990-yillarning birinchi yarmida mustaqil Tojikiston chempionatida „Pomir“ jamoasi safida oʻynashni davom ettirdi. Shu bilan birga, Tojikiston terma jamoaning bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydongga tushgan.

1995-yildan Oʻzbekiston Oliy ligasida Namanganning „Navbahor“, Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“, Toshkentning MHSK, Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan.

2003-yilda „Nasaf“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. Shu yilning oʻzida maʼlum vaqt bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlagan. Hozirda u Moskvadagi bolalar oʻsmirlar sport makatabida futbol boʻyicha bolalar murabbiyi boʻlib ishlaydi.

Yutuqlar

| ]
  • Tojikiston chempioni 1992
  • Oʻzbekiston chempioni: 1997
  • Tojikiston kubogi sohibi: 1992

Shaxsiy hayot

| ]

Oila qurgan. Aziza ismli qizi bor (1995-yilda tugʻilgan) Aziza badiiy gimnastika bilan professional shugʻillanadi. Badiiy gimnastika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni. Oʻgʻli Azamat „Paxtakor“ futbol jamoasi va Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisida oʻynagan.

Manbalar

| ]
  1. „СПОРТ — ДЛЯ ВСЕХ“ (Russian). Moe Lianozovo (2010-yil sentyabr). 2012-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Shuxrat Mamadjanov: "Na igru s „Dneprom“ prishlos letet bez formi"[sayt ishlamaydi]
  3. „Счастье прославлять Родину“. 2010-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-sentyabr.

Havolalar

| ]
  • Shuhrat Mamajonov National-Football-Teams.com saytida
  • Shuhrat Mamajonov
  • Shuhrat Mamajonov Footballfakts saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shuhrat Mamajonov haqida, Shuhrat Mamajonov nima? Shuhrat Mamajonov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan