Shuhrat Muhammadiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shuhrat Muhammadiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shuhrat Muhammadiyev
Tavallud sanasi 24-iyun 1989-yil (1989-06-24) (36 yosh)
Tavallud joyi Shahrisabz, Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
image Nasaf
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2009 image Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 image Nasaf 2 (0)
2008—2012 image Mashʼal 55 (3)
2013—2016 image Nasaf 86 (3)
2017—2022 image Lokomotiv 93 (0)
2022 image Qizilqum 23 (0)
2023— image Nasaf 37 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2019 image Oʻzbekiston 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 1-noyabr uchun)

Shuhrat Muhammadiyev 1989-yil 29-iyunda Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida tugʻilgan. Qarshining Nasaf klubi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Faoliyati

| ]

Shuhrat Muhammadiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2007-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan, ushbu klub tarkibida chempionat davomida atigi 2ta oʻyinda maydonga tushadi.

2009-yili u Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtadi. Ushbu klub tarkibida 4 mavsum oʻynab, jaʼmi 55 ta uchrashuvda maydonga tushadi, raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol qiladi. 2013-yilning fevralida u Qarshi klubi bilan yana shartnoma tuzadi va to bugungi qadar ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u „Nasaf“ tarkibida 41ta uchrashuvda toʻp surib kelmoqda va urgan gollari 3 ta. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi tarkibiga oʻtdi. „Temiryoʻlchilar“ safida 5 mavsum davomida ajralmas oʻyinchilardan biriga aylandi va klub bilan Oʻzbekiston musoboqalaridagi barcha turnirlarda gʻoliblikka erishdi. 2022-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma tuzdi. 2023-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klub taklifini qabul qildi va sobiq jamoasi tarkibiga qaytdi.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Terma jamoadagi ilk debyutini 2014-yili 27-mayda Ummon terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan.

2015-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida terma jamoa safida qatnashadi va usbu chempionatda 2 ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Yutuqlari

| ]

Manbalar

| ]
  1. Itogi sezona 2014. Simvolicheskaya sbornaya 23 — chempionata Uzbekistana. — Uzbekskaya kuxnya — Blogi — Sports.ru
  2. „Lokomotiv SHuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  3. „Rasman: "Qizilqum" SHuhrat Muhammadiev va Bobur Yo'ldoshevni o'z safiga qo'shib oldi“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  4. „Eshitdik-da! Muhammadiev va Ilyosov "Qizilqum"ga o'tmoqda“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  5. „Rasman: SHuhrat Muhammadiev "Nasaf" azosiga aylandi“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  6. „"Nasaf": Muhammadiev ilk bor MTJdan chaqiruv oldi“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.

Havolalar

| ]
  • Shuhrat Muhammadiyev Milliy futbol terma jamoalar saytida
  • Shuhrat Muhammadiyev Footballfactsru saytida
  • Shuhrat Muhammadiyev Transfermarkt saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shuhrat Muhammadiyev haqida, Shuhrat Muhammadiyev nima? Shuhrat Muhammadiyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan