Sodiq Nurimbetov
Sodiq Nurimbetov (1900, Kegeyli tumani — 1972, Nukus) — Qoraqalpogiston xalq shoiri (1942), Oʻzbekiston xalq hofizi (1957). Mahalliy maktabda, madrasada oʻqigan. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalarida shoir sifatida shuhrat qozongan. Qoraqalpoq hajviyasini, xususan masal janrini rivojlantirishda Sodiq Nurimbetovning xizmatlari katta. Bolalar uchun ham koʻplab sheʼrlar yaratgan. "Bizning Vatan" (1940), "Xalq yengilmaydi" (1942), "Olgʻa, botirlar" (1944), "Tulkicha" (1956), "Farhol" (1958, 1974), "Pillakor Janil" (1961), "Yangi davr ohanglari" (1962), "Ogʻa-inilar" (1968) kabi sheʼr va dostonlar toʻplamlari nashr etilgan. Uning "Baxtiyor" (1950), "Dengizda" (1957-58), "Pillakor Janil" (1961), "Zarimbetning hayajoni" (1958) dostonlari ularda tilga olingan ijtimoiy masalalarning dolzarbligi bilan ajralib turadi.
"Berdaq" (1950) va "Ogʻainilar" (1968) dostonlari oʻtmishni badiiy talqin qidishga bag'ishlangan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1971).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 1900-yilda tugʻilganlar
- Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari
- Xorazm madrasalarida tahsil olganlar
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
- 1972-yilda vafot etganlar
- Nukusda vafot etganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sodiq Nurimbetov haqida, Sodiq Nurimbetov nima? Sodiq Nurimbetov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!