Taypin qoʻzgʻoloni
Taypin qoʻzgʻoloni - Xitoydagi Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni (1850—64). Unga Xun Syutsyuan, Yan Syutsin va boshqa boshchilik qilgan. 1850-yil yozida Szintyan (Guansi viloyati)da boshlangan. Taypin qoʻzgʻoloni dastlab lokal xarakterga ega boʻlgan. Qoʻzgʻolonga puxta tayyorgarlik koʻrilgan, qatʼiy intizomga boʻysungan armiya tuzilgan. Qoʻzgʻolonchilar Yanszi vodiysida "Samoviy moʻlkoʻllik davlati" ("Taypin tyango") barpo etganlar. Markazi Nankin shahri boʻlgan (1853). Qoʻzgʻolonchilar soni 20—30 mingdan 300—500 minggacha yetgan. Koʻzgʻolon rahbarlari Xitoyda ishlab chiqarishva isteʼmodda barchaning tengligiga asoslangan utopik agrar dasturni eʼlon qilishgan. 1853-yil mayda qoʻzgʻolonchilar Pekinga yurish qilgan, biroq 1855-yil mayda ular hukumat qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan. 1853—56 yillarda Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolonchilar gʻalabaga erishib katta hududlarni egallashgan. Biroq 1856-yildan qoʻzgʻolon rahbarlari oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelishi oqibatida qoʻzgʻolonchilar safi zaiflashgan. Sin hukumati Angliya va Fransiya yordamida 1864-yil qoʻzgʻolonni bostirgan.
Manbalar
| ]- "Taypin qoʻzgʻoloni" OʻzME. T-harfi (Wayback Machine saytida 2018-10-28 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Qoʻzgʻolonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Taypin qoʻzgʻoloni haqida, Taypin qoʻzgʻoloni nima? Taypin qoʻzgʻoloni nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!