Tretyakov galereyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tretyakov galereyasi - Rossiyaning yetakchi ilmiybadiiy va madaniymaʼrifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus sanʼati muzeyi. Moskvada 1856-yil P.M. Tretyakov tomonidan xususiy toʻplam sifatida asos solingan, 1892-yil ukasi S. M. Tretyakov kolleksiyasi bilan birga Moskvaga sovgʻa qilingan. 1917-yildan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kolleksiyalardan toʻplangan asarlar, 11 — 17-asrlar qad. rus ikona sanʼati, 18—20-asrlar tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, grafika sanʼati ustalari asarlarining boy kolleksiyasi bilan toʻldirilgan. Rus savdogarlari Tretya kovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985—95 yillar T.g. rekonstruksiya qilingan. 1991-yildan "Tretyakov Davlat galereyasi" muzey birlashmasi deb yuritiladi. T.g.da oʻzbekistonlik rassomlar (P. Benkov, A. Volkov, A. Abdullayev, Oʻ. Tansiqboyev, R. Axmedov va boshqalar) asarlaridan namunalar qoʻyilgan. 2003-yilda Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi va T.g. oʻrtasida ilmiy, ijodiy koʻrgazma almashish shartnomasi imzolangan.





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tretyakov galereyasi haqida, Tretyakov galereyasi nima? Tretyakov galereyasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan