Umidjon Sharipov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Umidjon Sharipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Umidjon Sharipov
Tavallud sanasi 4-oktyabr 1992-yil (1992-10-04) (33 yosh)
Tavallud joyi Tojikiston
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Khatlon
Raqami 63

Umidjon Sharipov (tojikcha: Умедҷон Шарипов; 1992-yil 4-sentyabr; Tojikiston) – tojikistonlik futbolchi, yarim himoyachi. 2013-yildan Tojikiston terma jamoasida ham oʻynamoqda. Mamlakatining yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati

| ]

Umidjon Sharipov Qoʻrgʻontepadagi oʻsmirlar sport maktabida futbol boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Qoʻrgʻontepaning „Vaxsh“ klubi yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan. 2012-yilgacha ushbu klubda toʻp surgan va oʻsha yili Dushanbening „Istiqlol“ klubiga oʻtgan. 2016-yil boshiga qadar „Istiqlol“ da toʻp surgan, soʻngra Vaxshga qaytgan. 2017-yil boshida Oʻzbekistonning Muborak shahri „Mash’al“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

2012-yildan buyon Tojikiston yoshlar terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2013-yilning avgust oyida Hindiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgan. Terma jamoa safida oʻyinga tushgan, lekin maydonda oʻynamagan. 2014-yilda Sharipov ikki marta Estoniya va Belarus terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda oʻz mamlakati terma jamoasiga chaqirilgan boʻlsa-da, yana murabbiylar maydonga qoʻyib yuborilmagan va zaxirada qolgan. Terma jamoadagi debyutini 2015-yilning iyun oyida Bangladeshga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyingi yillarda muntazam ravishda Tojikiston terma jamoasiga chaqirilib turgan.

Yutuqlari

| ]
  • Tojikiston chempioni: 2014, 2015
  • Tojikiston chempionatining kumush medali sovrindori: 2013
  • Tojikiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2012
  • Tojikiston kubogi sohibi: 2013, 2014, 2015
  • Tojikiston kubogi finalchisi: 2012
  • Tojikiston Superkubogi sohibi: 2014, 2015

Manbalar

| ]
  1. „fft.tj — Умеджон Шарипов подписал контракт с узбекским клубом «Машъал»“. 2017-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  2. transfermarkt.com – Umedjon Sharipov

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Umidjon Sharipov haqida, Umidjon Sharipov nima? Umidjon Sharipov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan