Voroshilov tumani

Voroshilov tumani, yana Qoʻrgʻontepa tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi, Fargʻona va Andijon viloyatlari tarkibidagi 1926—1962-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.

Voroshilov tumani
tuman
Tegishli Andijon okrugi
Fargʻona viloyati
Andijon viloyati
Tarkibida 13 ta qishloq soveti, 1 ta ishchilar aholi punkti
Maʼmuriy markazi Xonobod
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1962-yil 24-dekabr
Aholi 43 601 kishi (1959)
Maydoni 280 km²
Xaritada

Tarixi

Tuman dastlab Qoʻrgʻontepa tumani nomi bilan 1926-yilda Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Qorasuv qishlogʻi.

1930-yilda okruglar tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita respublika boʻysunuviga oʻtdi.

1933-yilda Qoʻrgʻontepa tumani Voroshilov tumani, uning markazi Qorasuv qishlogʻi esa Voroshilovsk nomiga oʻzgartirildi.

1938-yil 15-yanvarda tuman Farg‘ona viloyati tarkibiga kiritildi, 1941-yil 6-martda esa yangi tashkil etilgan Andijon viloyatiga o‘tkazildi.

1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibiga 1 ta ishchilar aholi punkti (Xonobod) va 13 ta qishloq soveti (Abduldabiy, Voroshilov, Gʻayratobod, Dehqonchek, Qorabogʻish, Qoʻshtepa, Qoʻrgʻontepa, Maʼmurobod, Sultonobod, Fozilman, Xonobod, Xoʻjamshukur va Chimyon) kirgan.

1953-yil 27-martda Voroshilov tumani tarkibidan alohida Qoʻrgʻontepa tumani tashkil etildi.

1961-yil 28-noyabrda Voroshilov tumani Ilich tumani nomiga oʻzgartirildi.

1962-yil 24-dekabrda tuman tugatildi.

Aholisi

1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, Voroshilov tumanida 45 512 kishi yashagan, jumladan oʻzbeklar 56,8%, qirgʻizlar 23,3%, uygʻurlar 9,6%, ruslar 4,2%, koreyslar 1,9%, tatarlar 1,7% tashkil etgan. 1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tumanda 43 601 kishi yashagan.

Manbalar

  1. „О переименовании одноимённых районов, центров и почтово-телеграфных учреждений на территории УССР, УЗССР, ТуркССР и ТаджССР“ (1933-yil 7-mart). 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  2. Административно-территориальное деление Узбекской ССР, Ташкент, 1948. 
  3. „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Демоскоп. 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  4. „Всесоюзная перепись населения 1959 г. Численность наличного населения городов и других поселений, районов, районных центров и крупных сельских населенных мест на 15 января 1959 года по регионам союзных республик (кроме РСФСР)“. Демоскоп. 2014-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Voroshilov tumani haqida, Voroshilov tumani nima? Voroshilov tumani nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan