Yangi Shotlandiya

Yangi shotlandiya — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya yarim orol va KeypBreton o.da. Mayd. 55,3 ming km². Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Ya.Sh. iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Yangi Shotlandiya shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik rivojlangan. Ya.Sh.ning tub aholisi indeyslar. 17-asrning boshlaridan yevropaliklar — fransuzlar va inglizlar koʻchib borgan. Angliya — Fransiya urushidan soʻng 1713 yildan 1867 yil gacha Buyuk Britaniya mulki.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yangi Shotlandiya haqida, Yangi Shotlandiya nima? Yangi Shotlandiya nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan