Tursinxon Xudayberganov

Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov (qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов, 1951-yil 20-may, Toshkent viloyati) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001—2006-yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010—2016 va 2018—2022-yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri (2022-yildan 2023-yilgacha), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005—2010-yillarda va 2020-yildan).

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich
qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов
image
image
 Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri
image
 
Mansab davri
2022-yil 1-martdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
image
 
Mansab davri
2018-yil 23-apreldan – 2022-yil 1-martgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Joʻrayev
Vorisi Abdulla Qoʻldoshev
image
 
image
 
Mansab davri
2010-yil 23-martdan – 2016-yil 26-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qosimali Ahmedov
Vorisi Rustam Joʻrayev
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi
image
 
Mansab davri
2016-yil 26-dekabrdan – 2023-yil 20-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Doniyor Qodirov
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi
image
 
Mansab davri
2001-yildan – 2006-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Umar Ismoilov
Vorisi Ahmadjon Saidaliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-may 1951-yil (1951-05-20) (74 yosh)
Toshkent viloyati Chinoz tumani
Mukofotlari imageimageimage
Xizmat yillari 1974-yildan
Unvoni General-leytenant

Biografiyasi

Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Millati – qozoq.

Taʼlim

1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati

1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari.

1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi.

1982—1987-yillarda Boʻka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi.

1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi.

2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2016-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-avgustgacha Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.

2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan.

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri.

2023-yil 20-avgustda Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Mukofotlari

1997-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan

2020-yilda Qozogʻistonning 2-darajali „Doʻstiq“ ordeni berilgan.

2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan

Oilasi

Oʻgʻli Xudayberganov Artik Tursinxanovich, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

Manbalar

  1. Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi
  2. Senat aʼzolari tayinlandi
  3. Tursinxon Xudayberganov boshqa lavozimga oʻtmoqda
  4. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг олти йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
  5. „Государственные награды вручили туркестанцам“.
  6. „Tursinxon Xudoyberganovga faxriy unvon berildi“ (2021-yil 21-may). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  7. „Tursinxon Xudoyberganovning o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimga tayinlandi“.
  8. „Қовурғаси синдирилиб, бўйин қисмидан бўғиб қийноққа солинган – Бўкадаги ишнинг янги тафсилотлари“.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tursinxon Xudayberganov haqida, Tursinxon Xudayberganov nima? Tursinxon Xudayberganov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan