Sergey Mosyagin
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sergei Mixaylovich Mosyagin | ||
| Tavallud sanasi | 29-dekabr 1937-yil | ||
| Tavallud joyi | Ryazan | ||
| Vafot sanasi | 25-noyabr 2011-yil (73 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Moskva | ||
| Ampluasi | Himoyachi / Murabbiy | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1950s | ? (Podolsk) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1950-yillar | FK Dinamo-2 Moskva | ? | (?) |
| 1956—1958 | FK MVO Moskva | ? | (?) |
| 1959—1962 | SKIF Moskva | ? | (?) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1963—1966 | Znamya Truda Orekhovo-Zuyevo | ||
| 1967—1970 | RSFSR yoshlar terma jamoasi | ||
| 1971—1973 | Zenit Izhevsk | ||
| 1973 | Sovet sport qoʻmitasi (Futbol maʼmuriyati) xodimi | ||
| 1974—1975 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi (yordamchi) | ||
| 1975—1978 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi | ||
| 1979 | Sovet Ittifoqi (yordamchi) | ||
| 1980 | Paxtakor Toshkent | ||
| 1981—1982 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi | ||
| 1983 | Sovet Ittifoqi (yordamchi) | ||
| 1984—1985 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi | ||
| 1986—1990 | Sovet Ittifoqi (yordamchi) | ||
| 1990—1992 | BAA yoshlar jamoasi & BAA (yordamchi) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sergey Mixaylovich Mosyagin (1937-yil 29-dekabr, Ryazan viloyati, Belorechye qishlogʻi – 2011-yil 25-noyabr, Moskva) – sovet futbol murabbiyi. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977), RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1979). Sergey akasi Anatoliy Mosyagin ham sportchi bo'lib, bandy sport turi bilan shug'illangan.
Biografiyasi
| ]1952-yilda Podolskda yoshlar jamoasida oʻynay boshladi, Moskva viloyati chempionatida oʻynadi. „Dinamo-2“ tarkibida KFK turnirlarida oʻynagan. Armiyaga chaqirilgandan soʻng, Moskva harbiy okrugining klub jamoasida oʻynagan (1956-1958). Taman divizioni terma jamoasida oʻynagan.
Davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi sifatida SKIF (Moskva) jamoasida talabalar chempionatida (1959—1962) oʻynagan. Ikki marta oliy liga jamoalariga taklif qilingan: 1962-yildagi dublda „Dinamo“ va 1963-yilda „Neftchi“ (Boku) jamoalari. Mosyagin ikki holatda ham rad javobini bergan. Bu qarorini oʻqishni tugatish va murabbiy boʻlish istagi bilan izohlagan Tizzasidagi jarohatlar tufayli futbol oʻynashga qiynalgan.
1963-yilda „Znamya truda“ga murabbiylikka oʻtdi. 1967—1970-yillarda RSFSR yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. Ikki jamoa – „Yunost Rossii“ va „Shkolniki Rossii“ jamoalari murabbiyi boʻlgan.
1971—1973-yillarda „Zenit“ murabbiyi boʻlgan. Uning qoʻl ostida jamoa Oliy ligaga ko'tarilishga asosiy davogar jamoalardan biri boʻlgan. 1973-yilda SSSR sport qoʻmitasining futbol boʻlimi murabbiyi. 1974—1975-yillarda SSSR yoshlar terma jamoasida Valentin Nikolayevga yordamchi boʻlgan.
1975—1978, 1981—1982 va 1984—1985-yillarda SSSR yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalari bosh murabbiyi boʻlgan. 1980-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
1979, 1983 va 1986—1990-yillarda SSSR terma jamoasi murabbiyi. 1990—1992-yillarda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya va yoshlar terma jamoalari murabbiyi va bosh murabbiyi boʻlgan. Rossiya Futbol uyushmasi terma jamoalar boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
2011-yil 25-noyabrda vafot etgan. Dafn marosimi 28-noyabr kuni 12-sonli Moskva klinik shifoxonasida boʻlib oʻtgan. Xuddi shu kuni Mosyagin Kotlyakovskiy qabristoniga dafn qilingan.
Yutuqlari
| ]Mosyagin boshchiligida SSSR terma jamoasi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon kubogi-77, 1976-yilda UEFA yoshlar turniri gʻolibi va 1977-yilda ushbu turnirning 3-oʻrin sovrindori boʻlgan.
Mosyagin ishtirokida SSSR terma jamoasi Yevro-1988 chempionatida 2-oʻrin sohibi boʻlgan.
Mukofotlari va unvonlari
| ]- SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977)
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1979)
- Doʻstlik ordeni (1997)
- Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodimi (1998-yil 16-noyabr)
Manbalar
| ]- „Мосягин Сергей Михайлович“. 2013-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
- „Скончался заслуженный тренер СССР Сергей Мосягин“. Чемпионат.com (2011-yil 25-noyabr). 2011-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
- „Скончался заслуженный тренер СССР Сергей Мосягин“. 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- „Прощание с Сергеем Мосягиным пройдёт 28 ноября“. Чемпионат.com (2011-yil 27-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-noyabr.
- Ukaz Prezidenta RF ot 16 noyabrya 1998 g. № 1410
Havolalar
| ]- Sergey Mosyagin at FootballFacts.ru (ruscha)
- There passed away a Merited Coach of the Soviet Union Sergei Mosyagin (Skonchalsya zaslujenniy trener SSSR Sergey Mosyagin). Championat.com. 25 November 2011.
- 29-dekabrda tugʻilganlar
- 1937-yilda tugʻilganlar
- Ryazanda tugʻilganlar
- 25-noyabrda vafot etganlar
- 2011-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- SSSR futbol murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sergey Mosyagin haqida, Sergey Mosyagin nima? Sergey Mosyagin nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!