Vazgen Manasyan
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Vazgen Ignatovich Manasyan | ||
| Tavallud sanasi | 13-mart 1958-yil | ||
| Tavallud joyi | Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR | ||
| Vafot sanasi | 9-yanvar 2024-yil (65 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1975–1979 | Politekhnik Dushanbe | ||
| 1979–1992 | Pamir Dushanbe | 425 | (123) |
| 1992 | FC Zenit Saint Petersburg | 4 | (0) |
| 1992–1994 | FC Vorskla Poltava | 70 | (19) |
| 1995 | FC Kolos Karapyshi | ||
| 1995 | FC Nyva-Cosmos Myronivka | 2 | (0) |
| 1996 | FC Industriya Borovsk | 19 | (6) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992 | Tojikiston | 1 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2003 | FC Volochanin-Ratmir Vyshny Volochyok (assistant) | ||
| 2003–2004 | FC Volochanin-Ratmir Vyshny Volochyok | ||
| 2005 | FC Chernomorets Novorossiysk | ||
| 2008 | FC Stal Dniprodzerzhynsk | ||
| 2011 | Lokomotiv Toshkent | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Vazgen Ignatovich Manasyan (ruscha: Вазген Игнатович Манасян; 1958-yil 13-martda – 9-yanvar 2024-yil) – Asli arman millatiga mansub tojikistonlik professional sobiq futbol murabbiyi va futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Dushanbeda futbol oʻynay boshlagan. 1968—1970-yillarda „Charm toʻp“ Butunittifoq musobaqasida qatnashgan. Keyin Dushanbedagi „Spartak“ qoshidagi 5-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga oʻqishga kirdi. Valeriy Fayzrahmonov va Valeriy Korcheyevlardan tahsil olgan.
1975—1979-yillarda Tojikiston Politexnika institutida tahsil olgan va bir vaqtning oʻzida institut jamoasi tarkibida Tojikiston chempionatida oʻynagan. 1979-yil sentyabr oyida Pomi klubiga taklif qilindi. Manasyan dastlab oʻrinbosarlar tarkibida oʻynadi va u yerda toʻpurarlik xislatlarini koʻrsatdi.
U 1980-yilda „Pomir Dushanbe“ jamoasi tarkibida SSSR Birinchi ligasida professional debyutini amalga oshirgan.
1980-yildan jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi. Birinchi mavsumda u chempionatning barcha 46 uchrashuvida maydonga tushib, 16 ta gol urgan. Keyingi mavsumlarda ham koʻp gol urildi va jamoa birinchi ligada yetakchi oʻrinlarda boʻldi. 1986-yilgi chempionatda u 27 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich unga mavsumning birinchi ligasining eng sermahsul toʻpurari uchun „Komsomolets Tajikistan“ gazetasining „Oltin butsa“ sovrini sohibi boʻlish imkonini berdi.
1987-yil 31-mayda „Rostselmash“ klubiga qarshi safar oʻyinida u birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi milliy chempionatdagi 100-golini kiritdi. 1988-yilgi mavsumda u jamoaga birinchi liga chempionatida kichik oltin medallarni qoʻlga kiritishga va SSSR Oliy ligasiga chiqishga yordam berdi. Natijada 120 ta gol bilan Birinchi liganing eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi.
Oliy ligada u unchalik sermahsul oʻynamadi – uch mavsumda atigi 3 ta gol urdi.
1992-yil aprel oyida SSSR parchalanganidan soʻng u „Pomir“ jamoasini tark etib, „Zenit“ klubiga oʻtdi. Hujum orti pozitsiyasi harkat qildi va 4 ta oʻyin oʻtkazdi.Oʻyinlar davomida olgan jaroxati unga tarkibda mustahkam oʻrin olishiga toʻsqinlik qildi.
U Dushanbega qaytib, jarohatini toʻliq davoladi va Ukrainaga koʻchib oʻtdi. Ukrainada yerda bir necha mavsumni Vorskla klubi safida Birinchi liga musoboqasida oʻtkazdi va Ukraina fuqaroligini oldi. Faoliyatini 1996-yilda Rossiya ikkinchi ligasining „Sanoat“ (Borovsk) jamoasida yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]1992-yili Tojikiston terma jamoasi safida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
| ]U Poltavaga qaytib keldi va u yerda KFK jamoasiga ustozlik qildi va Poltava viloyatining turli yoshdagi terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi.
2003-yilning dekabr oyidan boshlab u Volochanin-Ratmir klubiga murabbiylik qiladi. 2004-yilda jamoani tark etgan.
2005-yilda u Janubiy Federal okrugining havaskorlar ligasida oʻynagan „Novorossiysk“ klubida ishlagan.
2006—2007-yillarda u Pavlovskaya qishlogʻidan „Kolos“ jamoasini boshqargan.
2011-yil mavsumda Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etgan Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik Vazgen klub murabbiylar shtabiga aʼzo boʻlgan bie necha yil yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. 2021-yilgi mavsumda maʼlum davrda Yaypaning „Turon“ klubi murabbiylar shatabida ishlagan.
Shaxsiy hayot
| ]Ikki farzandi bor. Katta qizi Olga va oʻgʻli Arsen (01/08/1987 y.). Olga Poltava viloyatining bosh pediatri boʻlib ishlaydi. Arsen Manasyan ham futbolchilik kasbini tanlagan.
Vafoti
| ]2021-yilda Manasyan saraton kasalligiga chalingan va bir necha yillar davomida bu kasallik bilan kurashgan. 2024-yil 9-yanvarga oʻtar kechasi Toshkentda vafot etgan.
Yutuqlar
| ]- SSSR Birinchi Ligasi Oltin butsa: 1986
Manbalar
| ]- Vazgen Manasyan – Prirojdyonniy bombardir[sayt ishlamaydi]
- „Манасян Вазген“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-may.
- „Манасян Вазген“. 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- „Статистика на сайте zenit-history.ru“. 8-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2013-yil.
- „История «Зенита». Сезон 1992“ (deadlink). 2009-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2009-yil.
- „Офіційний сайт Федерації футболу України“. 27-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
- „International Matches 1992 — Asia“. 15-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
- Iz „Pamira“ – v tverskuyu Venesiyu[sayt ishlamaydi]
- Manasyan Arsen Vazgenovich
- „В списке футболистов мира есть и павловчане“ (ruscha). Pav-edin23.ru (13-fevral 2014-yil). 13-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2019-yil.
- „Вазген Манасян трудоустроился в Узбекистане“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2012-yil.
- Vazgen Manasyan stal pomoщnikom glavnogo trenera tashkentskogo „Lokomotiva“
- Manasyan Arsen Vazgenovich
- „Ушёл из жизни ветеран таджикского футбола Вазген Манасян – Федерация Футбола Таджикистана“ (ru-RU). Qaraldi: 2024-yil 9-yanvar.
- „"Локомотив"нинг собиқ мураббийи вафот этди“ (2024-yil 9-yanvar).
- „"Локомотив" собиқ бош мураббийи Вазген Манасян вафот этди“ (2024-yil 9-yanvar).
- „УШЕЛ ИЗ ЖИЗНИ ВЕТЕРАН ТАДЖИКСКОГО ФУТБОЛА ВАЗГЕН МАНАСЯН“ (Russian). fft.tj. Tajikistan Football Federation (2024-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 9-yanvar.
Havolalar
| ]- Vazgen Manasyan Footballfacts saytida
- Vazgen Manasyan Transfermarkt saytida
- 13-martda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Dushanbeda tugʻilganlar
- 9-yanvarda vafot etganlar
- 2024-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- SSSR sport ustasi
- SSSR erkak futbolchilari
- Tojikistonlik erkak futbolchilar
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Ukrainalik erkak futbolchilar
- Armanistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- FC Vorskla Poltava futbolchilari
- FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari
- CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar
- Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- SSSR Oliy ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Rossiyalik futbol murabbiylari
- SSSR futbol murabbiylari
- Tojikistonlik futbol murabbiylar
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar
- Saraton kasalligidan vafot etganlar
- Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vazgen Manasyan haqida, Vazgen Manasyan nima? Vazgen Manasyan nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!