Abdulhafiz Jalolov
| Abdulhafiz Jalolov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 2-fevral 1947-yil Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR |
| Vafoti | 29-iyul 2019-yil (72 yoshda) Yangiqoʻrgʻon, Namangan viloyati |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Jalolov Abdulhafiz Marahimovich (2-fevral, 1947-yil, Birlashgan qishlogʻi, Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati – 29-iyul, 2019-yil, Birlashgan qishlogʻi, Namangan) – Sovet va Oʻzbekiston davlat, siyosiy, partiyaviy va fan arbobi, falsafa fanlari doktori. 1993—2002-yillarda Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi boʻlgan. 2000-yilning noyabrida boʻlgan prezidentlik saylovlarida rasman 4,17% ovoz olgan holda Islom Karimovning yagona raqibi sifatida tanilgan.
Hayoti
| ]1947-yilda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Birlashgan qishlogʻida shifokor oilasida tugʻilgan. 1964-yilda shu qishloqdagi 14-oʻrta maktabni tamomlagan.
1969-yilda Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan.
1969—1971-yillarda Termiz shahridagi chegara zastavasi boshligʻining oʻrinbosari sifatida Chegara qoʻshinlari saflarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan.
Akademik faoliyati
| ]1971—1972-yillarda Toshkent davlat universitetining falsafa kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1972—1977-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti ilmiy xodimi sifatida ishlagan.
1976-yilda „Gegel va Sharq xalqlarining falsafiy tafakkuri“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1977—1981-yillar oraligʻida – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Falsafa kafedrasi mudiri. 1981—1992-yillarda ToshDU qoshidagi Malaka oshirish institutida falsafa kafedrasi dotsenti, fan boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
1992-yilda „Insonni har tomonlama rivojlantirish va jamiyatni insonparvarlashtirish muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Bir muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jahon muammolari instituti boʻlim mudiri boʻlgan.
1993—2001-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutini boshqargan.
Siyosiy faoliyati
| ]1986—1991-yillar oraligʻda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti maʼruzachisi, maʼruza guruhi rahbari.
1991-yilda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganidan buyon partiya markaziy kengashi boʻlim mudiri lavozimida ishlab kelgan.
1994-yilning avgust oyida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib saylandi, 1999-yil oktyabrda qayta saylandi. 2003-yil 27-dekabrda oʻz lavozimidan ozod qilindi.
1994-yil dekabr oyida Oliy Majlisga saylangan. U parlamentdagi OʻzXDP fraksiyasi raisi boʻlgan.
2000-yilning yanvar oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida u amaldagi prezident Islom Karimovga yagona muqobil raqib boʻlgandi. Jalolov mazkur saylov payti amaldagi davlat rahbari uchun ovoz berganini bildirgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Jalolov 4,17% ovoz olgan.
2003-yilda XDP Markaziy kengashi birinchi kotibligidan ozod etildi. Shundan soʻng Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oliy pedagogika instituti professori lavozimlarida ishladi.
2019-yil 29-iyul kuni Yangiqoʻrgʻon shahrida vafot etgan. U tugʻilib oʻsgan qishlogʻi – Birlashgan qishlogʻida dafn etilgan.
U uylangandi va 4 nafar farzandi bor edi.
Manbalar
| ]- Biografiya, 2016-11-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-19
- Inson omili
- Boshqa maʼlumotlarga koʻra Namanganda oʻqituvchi oilasida.
- В Центральной избирательной комиссии Республики Узбекистан // Правда Востока : газета. — Ташкент, 2000. — 12 yanvar (вып. 2303, № 8). — С. 1.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 2-fevralda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- 29-iyulda vafot etganlar
- 2019-yilda vafot etganlar
- Namangan viloyatida vafot etganlar
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulhafiz Jalolov haqida, Abdulhafiz Jalolov nima? Abdulhafiz Jalolov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!