Oʻzbekiston Kubogi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi (Футбол бўйича Ўзбекистон кубоги) – Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan, futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi.
![]() | |
Davlat | ![]() |
---|---|
Konfederatsiya | OFK |
Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
Futbol tizimidagi darajasi | 2 |
Tashkil etilgan | 25-oktyabr, 1992-yil |
Jamoalar soni | 50 |
Amaldagi chempion | Andijon (1-marta) |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor (13 marta) |
TV hamkorlar | Sport TV Futbol TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Joriy mavsum: 2025 |
Guruh bosqichi, Pley-off bosqichi va finaldan iborat. Guruh bosqichi aprel-may oylarida, Pley-off bosqichi iyun-sentyabr oylarida, final oʻyini esa sentyabr oxiri yoki oktyabr boshlarida boʻlib oʻtadi.
1992-yildan beri oʻtkaziladi. Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng uzoq yillik tarixga ega musobaqa hisoblanadi. Oʻzbekiston mustaqilligi davrida birinchi kubok sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi, oxirgisi Andijonning „Andijon“ klubi hisoblanadi.
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Superligasidagi 2-oʻrinni olgan klubga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ — 4 ta, „Navbahor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ klublari 3 tadan kubok bilan uchinchi oʻrinda.
Finallar tarixi
Eng koʻp gol urilgan oʻyin 2001—2002-yilgi mavsumda „Paxtakor“ jamoasining „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinida 6:3 hisobida qayd etilgan.
Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga, 9 marta qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 81ta toʻp (penaltilar seriyasidan tashqari) darvozalarga kiritilgan. Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.
Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi – Vladimir Bubanja hisoblanadi.
Stadionlar

Eng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: Paxtakor markaziy stadioni – 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda. Dinamo – 3, MHSK – 2, Istiqlol – 2, Bunyodkor – 1, Navbahor – 1 Soʻgʻdiyona – 1, Lokomotiv – 1, OKMK – 1, Buxoro – 1 martadan mezbon boʻlgan.
Eng koʻp tomoshabin kelgan final: 1999/2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ – „Samarqand“ oʻyiniga 30 ming tomoshabin kelgan.
Yillar boʻyicha gʻoliblar
Oʻzbekiston Kubogi gʻoliblari | |||
---|---|---|---|
|
Final uchrashuvlari
Mavsum | Sana | Chempion | Hisob | Ikkinch oʻrin | Stadion | Tomoshabinlar soni |
---|---|---|---|---|---|---|
1992 | 1992-yil 25-oktyabr | Navbahor Namangan | 0-0(6-5 p) | Temiryoʻlchi Qoʻqon | Dinamo stadioni, Samarqand | 7,000 |
1993 | 1993-yil 9-oktyabr | Paxtakor | 3-0 | Navbahor Namangan | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 8,000 |
1994 | 1994-yil 6-sentyabr | Neftchi Fargʻona | 2-0 | Yangiyer | MHSK Stadioni, Toshkent | 10,000 |
1995 | 1995-yil 19-noyabr | Navbahor Namangan | 1-0 | MHSK Toshkent | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 6,000 |
1996 | 1996-yil 10-noyabr | Neftchi Fargʻona | 0-0(5-4 p) | Paxtakor | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 5,000 |
1997 | 1997-yil 25-noyabr | Paxtakor | 3-2 (a.e.t.) | Neftchi Fargʻona | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 21,000 |
1998 | 1998-yil 29-avgust | Navbahor Namangan | 2-0 | Neftchi Fargʻona | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 9,000 |
1999 | 1999-yil | Kuz-Bahor tizimiga oʻtkazilgan | ||||
1999-2000 | 2000-yil 29-iyun | Doʻstlik | 4-1 | Samarqand-Dinamo | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 30,000 |
2000-2001 | 2001-yil 4-avgust | Paxtakor | 2-1 | Neftchi Fargʻona | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 25,000 |
2001-2002 | 2002-yil 9-avgust | Paxtakor | 6-3 (a.e.t.) | Neftchi Fargʻona | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 25,000 |
2002-2003 | 2003-yil 15-avgust | Paxtakor | 3-1 | Nasaf Qarshi | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 15,000 |
2004 | 2004-yil 1-oktyabr | Paxtakor | 3-2 | Traktor Toshkent | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 10,000 |
2005 | 2005-yil 26-noyabr | Paxtakor | 1-0 | Neftchi Fargʻona | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 5,000 |
2006 | 2006-yil 8-noyabr | Paxtakor | 2-0 | Mash’al Mubarek | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 17,000 |
2007 | 2007-yil 9-dekabr | Paxtakor | 0-0(7-6 p) | Bunyodkor (Quruvchi) | MHSK Stadioni, Toshkent | 11,500 |
2008 | 2008-yil 31-oktyabr | Bunyodkor | 3-1 (a.e.t.) | Paxtakor | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 12,124 |
2009 | 2009-yil 8-avgust | Paxtakor | 1-0 | Bunyodkor | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 27,543 |
2010 | 2010-yil 18-avgust | Bunyodkor | 1-0 | Shoʻrtan Gʻuzor | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 8,247 |
2011 | 2011-yil 13-noyabr | Paxtakor | 3-1 | Nasaf Qarshi | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 12,005 |
2012 | 2012-yil 30-noyabr | Bunyodkor | 3-0 | Nasaf Qarshi | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 7,000 |
2013 | 2013-yil 25-sentyabr | Bunyodkor | 2-1 | Nasaf Qarshi | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent | 5,228 |
2014 | 2014-yil 12-noyabr | Lokomotiv | 1-0 (a.e.t.) | Bunyodkor | OKMK stadioni, Olmaliq | 8,251 |
2015 | 2015-yil 17-oktyabr | Nasaf Qarshi | 2-1 | Bunyodkor | Sogʻdiyona stadioni, Jizzax | 11,650 |
2016 | 2016-yil 30-noyabr | Lokomotiv | 1-0 | Nasaf Qarshi | Dinamo stadioni, Samarqand | 8,150 |
2017 | 2017-yil 4-dekabr | Lokomotiv | 1-0 | Bunyodkor | Bunyodkor stadioni, Toshkent | 29,000 |
2018 | 2018-yil 28-oktyabr | AGMK | 3-1 | Paxtakor | Istiqlol stadioni, Fargʻona | 11,152 |
2019 | 2019-yil 26-oktyabr | Paxtakor | 3-0 | AGMK | Lokomotiv stadioni, Toshkent | 7,185 |
2020 | 2020-yil 20-dekabr | Paxtakor | 3-0 | AGMK | Navbahor markaziy stadioni, Namangan | 3,579 |
2021 | 2021-yil 4-dekabr | Nasaf Qarshi | 2-1 | Paxtakor | Dinamo stadioni, Samarqand | 11,127 |
2022 | 2022-yil 30-oktyabr | Nasaf Qarshi | 2-1 | Navbahor Namangan | Buxoro Sport Majmuasi, Buxoro | 13,331 |
2023 | 2023-yil 12-noyabr | Nasaf Qarshi | 1-0 | AGMK | Qarshi markaziy stadioni, Qarshi | 17,710 |
2024 | 2024-yil 5-oktyabr | Andijon | 3-2 | Navbahor Namangan | Istiqlol sadioni, Fargʻona | 20,000 |
Sovrindor klublar
Klublar | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Finallar | Chempion yillar |
---|---|---|---|---|
Paxtakor Toshkent | 13 | 4 | 17 | 1993, 1997, 2001, 2002, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020 |
Bunyodkor Toshkent | 4 | 5 | 9 | 2008, 2010, 2012, 2013 |
Nasaf Qarshi | 4 | 4 | 8 | 2015, 2021, 2022, 2023 |
Lokomotiv Toshkent | 3 | 3 | 2014, 2016, 2017 | |
Navbahor Namangan | 3 | 3 | 6 | 1992, 1995, 1998 |
Neftchi Fargʻona | 2 | 5 | 7 | 1994, 1996 |
AGMK-Olmaliq | 1 | 3 | 4 | 2018 |
Doʻstlik Toshkent | 1 | 1 | 2000 | |
Andijon | 1 | 1 | 2024 | |
MHSK Toshkent | 1 | 1 | ||
Shoʻrtan Gʻuzor | 1 | 1 | ||
Dinamo Samarqand | 1 | 1 | ||
Mash’al Muborak | 1 | 1 | ||
Traktor Toshkent | 1 | 1 | ||
Yangiyer | 1 | 1 | ||
Qoʻqon-1912 (Temiryoʻlchi) | 1 | 1 |
Hakamlar
Ilk finalda (1992-yil) hakam Gali Imomov boʻlgan.
Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatov hisoblanadi. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor. Ravshan Ermatov qatorasiga 5 marta finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi. 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini Ermatov boshqargan.
2 bor chet ellik hakamlar ishlagan. 2014-yilgi final oʻyinini Kim Dong-jin (Janubiy Koreya) boshqargan. 2017-yilgi final bahsida BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.
Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov yetakchi.
Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha)
- Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
- Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
- Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
- Rustam Saidov (2001, 2002)
- Marat Ismoilov (2008, 2009)
- Doniyor Osimov (1994)
- Rashid Aytekov (1996)
- Sardor Najafaliyev (1997)
- Dmitriy Roman (2004)
- Gʻayrat Karimov (2005)
- Kim Dong Jin (Janubiy Koreya, 2014)
- Vladislav Seytlin (2016)
- Muhammad Abdulloh Hasan Muhammad (BAA, 2017)
- Temur Toʻxtasinov (2018)
- Sherzod Qosimov (2019)
- Zokir Qodirov (2020)
- Xolid Solih at-Turays (2024)
- Vadim Agishev (2022)
- Aziz Asimov (2023)
- Axrol Risqullayev (2021)
№ | Hakam | Final | Sariq kartochkalar | Qizil kartochkalar | Penaltilar |
---|---|---|---|---|---|
1 | Ravshan Ermatov | 5 | 20 | 1 | 1 |
2 | Gali Imomov | 4 | 14 | 3 | 0 |
3 | Noil Lutfullin | 4 | 14 | 3 | 0 |
4 | Marat Ismoilov | 2 | 12 | 2 | 0 |
5 | Rustam Saidov | 2 | 11 | 1 | 0 |
6 | Rashid Aytekov | 1 | 8 | 0 | 0 |
7 | Gʻayrat Karimov | 1 | 6 | 0 | 0 |
8 | Sherzod Qosimov | 1 | 4 | 0 | 1 |
9 | Kim Dong Jin | 1 | 3 | 1 | 0 |
10 | Muhammad Abdulla Hasan | 1 | 5 | 0 | 0 |
11 | Sardor Najafaliyev | 1 | 4 | 1 | 1 |
12 | Dilshod Asimov | 1 | 3 | 0 | 0 |
13 | Dmitriy Roman | 1 | 3 | 0 | 0 |
14 | Temur Toʻxtasinov | 1 | 5 | 0 | 2 |
15 | Vladislav Tseytlin | 1 | 4 | 1 | 0 |
16 | Zokir Qodirov | 1 | 1 | 0 | 1 |
17 | Axrol Risqullayev | 1 | 3 | 1 | - |
18 | Vadim Agishev | 1 | 5 | 0 | 0 |
19 | Aziz Asimov | 1 | 9 | 0 | 1 |
Eng yaxshi toʻpurarlar
Umumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar
Qalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.
Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar
№ | Fuqaroligi | Oʻyinchi | Pozitsiya | Yillar | Klub | Jami |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | ![]() | ![]() | Hujumchi | 1994—2017-yillar | Navbahor Paxtakor Bunyodkor | 5 |
2 | ![]() | ![]() | Hujumchi | 2016- | Paxtakor | 5 |
3 | ![]() | ![]() | Yarim himoyachi | 1985—2003-yillar | Paxtakor | 4 |
4 | ![]() | ![]() | Yarim himoyachi | 1998-2017 | Paxtakor | 2 |
5 | ![]() | ![]() | Hujumchi | 1985—2003-yillar | Neftchi | 2 |
6 | ![]() | ![]() | Himoyachi | Paxtakor | 2 | |
7 | ![]() | ![]() | Hujumchi | AGMK | 2 | |
8 | ![]() | ![]() | Hujumchi | Bunyodkor | 2 | |
9 | ![]() | ![]() | Yarim himoyachi | 2000-… | Bunyodkor Lokomotiv | 2 |
10 | ![]() | ![]() | Hujumchi | 1993—2012-yillar | Doʻstlik | 2 |
11 | ![]() | ![]() | Yarim himoyachi | 1987—2005-yillar | Paxtakor | 2 |
12 | ![]() | ![]() | Hujumchi | 1985—2007-yillar | Paxtakor Traktor | 2 |
13 | ![]() | ![]() | Hujumchi | Paxtakor | 2 | |
14 | ![]() | ![]() | Yarim himoyachi | Paxtakor | 2 |
Yana qarang
- Oʻzbekiston Superligasi
- Oʻzbekiston Superkubogi
- Oʻzbekiston Liga kubogi
Manbalar
- „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- „16:0 - O'zbekiston kubogi tarixidagi eng yirik hisobmi?“ (2024-yil 23-aprel).
- „Ўзбекистон кубоги. Мухлислар рекордини биласизми?“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- „Мутлақ рекордчи Нестеров ёхуд финалда ўйнаган дарвозабонлар ҳақида“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
- „O'zbekiston Kubogi finaliga oid faktlar“ (O'zbek). Championat.Asia (10-25-2016). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- „Muxlislar tashrifi“.
- „“Nasaf” uch karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „“Nasaf” toʻrt karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
- „O'zbekiston Kubogi Bosh hakamlari tarixi“.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
![]() | Vikiomborda Oʻzbekiston Kubogi haqida turkum mavjud |
- Oʻzbekiston Kubogi Telegram sahifasi
- Oʻzbekiston Kubogi Instagram sahifasi
- Oʻzbekiston Kubogi Facebook sahifasi
- Oʻzbekiston Kubogi Twitter sahifasi
- @uzbekistanpfl
- Oʻzbekiston Kubogi TikTok sahifasi
- Oʻzbekiston Kubogi LinkedIn
- Oʻzbekiston Kubogi WhatsApp
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻzbekiston Kubogi haqida, Oʻzbekiston Kubogi nima? Oʻzbekiston Kubogi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!