Anvarjon Soliyev

Anvarjon Soliyev (1978-yil 5-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi oʻzbekistonlik futbol hujumchisi va futbol murabbiyi.

Anvarjon Soliev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvarjon Ahmadjonovich Soliev
Tavallud sanasi 5-fevral 1978-yil (1978-02-05) (47 yosh)
Tavallud joyi Namangan, USSR, SSSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor (Yordamchi murabbiyi)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2000 Navbahor 85 (29)
2001—2007 Paxtakor Toshkent 115 (60)
2008—2010 Bunyodkor 52 (22)
2010   Nasaf Qarshi 11 (3)
2011—2013 Bunyodkor 44 (15)
2013—2016 Paxtakor Toshkent 42 (6)
Milliy terma jamoa
2001—2009 Oʻzbekiston 48 (8)
Boshqargan klublari
2016 Paxtakor-2 (Yordamchi murabbiyi)
2016 Navbahor (Yordamchi murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2016-yil 23-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 10-noyabr uchun)

Yoshlik yillari

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan.

Faoliyati

Dastlab „Yoshlik“ futbol jamoasida oʻynagan. Keyin esa Namanganning Navbahor jamoasida oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. 1998-yilda „Navbahor“ bilan Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2001-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan.

Paxtakor

Soliyev 2008-yilda poytaxtning „Quruvchi“ klubiga oʻtganidan soʻng „Paxtakor“ skautlari nazariga tushgan. „Paxtakor“ bilan shartnomadan keyin yetti mavsum davomida jamoada oʻynagan. „Paxtakor“ safida u klubni tark etgunga qadar 6 karra Oʻzbekiston chempioni va 5 marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.

Bunyodkor

Soliyev „Bunyodkor“ safidagi ilk mavsumidayoq chempionat oʻyinlarida 12 ta gol urgan. U 2012-yil 21-noyabr holatiga koʻra 46 ta gol bilan Oʻzbekiston ligasida klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi, Rivaldo va Server Jeparovlar ikkinchi oʻrinda. Soliyev 16 ta gol bilan OChL tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlib, shulardan 8 tasini „Bunyodkor“ jamoasi tarkibida kiritgan.

2013-yil 18-iyul kuni yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan.

2015-yilgi Oʻzbekiston ligasi mavsumi yakuniga koʻra u „Paxtakor“ bilan sakkizinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 12 marta Oʻzbekiston Ligasi chempionligi va toʻqqizta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan Soliyev oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng koʻp sovrinni yutgan futbolchi hisoblanadi. Soliyev uchta klub safida oʻynab, Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan yagona futbolchi.

U Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 100 dan ortiq gol urgan (2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra) liga, kubogi, OChL va milliy terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda 228 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

2016-yil oʻrtalarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va „Paxtakor-2“ da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. 2016-yilning dekabr oyidan Namanganning „Navbahor“ klubida Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ishga qabul qilingan.

Xalqaro

U futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan va 2001-yilgi debyutidan soʻng 48 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan.

Yutuqlari

Klub

Navbahor
Paxtakor
  • Oʻzbekiston ligasi (8): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2014, 2015
  • Oʻzbekiston kubogi (6): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
  • MDH kubogi : 2007
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2003, 2004
Bunyodkor
  • Oʻzbekiston ligasi (3): 2008, 2009, 2011
  • Oʻzbekiston kubogi (2): 2008, 2012
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2008, 2012

Shahsiy yutuqlar

  • Oʻzbekistonda 3-yilning eng yaxshi futbolchisi : 2005-yil
  • Oʻzbekiston ligasi toʻpurari : 2005 (29 gol)
  • Gennadiy Krasnitskiy klubi klubi : 228 gol (2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra)

Oʻyinlar statistikasi

Milliy terma jamoadagi gollar

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 20.08.2003 Riga, Latviya image Latviya 0-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
2 06.11.2003 Toshkent, Oʻzbekiston image Hong Kong 4-1 Gʻalaba 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3 18.02.2004 Toshkent, Oʻzbekiston image Iroq 1-1 Durang 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4 09.02.2005 Toshkent, Oʻzbekiston image Saudiya Arabistoni 1-1 Durang 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
5 17.08.2005 Toshkent, Oʻzbekiston image Quvayt 3-2 Gʻalaba 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
6 16.08.2006 Toshkent, Oʻzbekiston image Hong Kong 2-2 Durang 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
7 09.03.2007 Chimkent, Qozogʻiston image Qirgʻiziston 6-0 Gʻalaba Oʻrtoqlik
8 28.03.2009 Toshkent, Oʻzbekiston image Qatar 4-0 Gʻalaba 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar

  1. „Soliev returns to Pakhtakor“. FC Pakhtakor. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.
  2. „Анвар Солиев вернулся в 'Пахтакор'“. Uzdaily.com. 2016-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
  3. „Uzbekistan—Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 22-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-oktyabr.
  4. „Тарихда шу кун. Ўзбекистон - Саудия Арабистони. Анвар Солиев яна "қутқарувчи"“ (2024-yil 9-fevral).

Havolalar

  • Anvar Soliyev National-Football-Teams.com saytida
  • Profile at KLISF
  • Anvar Soliyev Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Anvarjon Soliyev haqida, Anvarjon Soliyev nima? Anvarjon Soliyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan