Abdulla Abdullayev

Abdulla Abdullayev (Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev, 1997-yil 1-sentyabr Qoʻrgʻontepada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.

Abdulla Abdullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1997-yil (1997-09-01) (28 yosh)
Tavallud joyi Qoʻrgʻontepa Oʻzbekiston
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dibba SCC
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2017 Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Sementchi 12 (0)
2017—2022 Bunyodkor 82 (2)
2022—2023 OKMK 43 (2)
2023—2024 Khor Fakkan 21 (0)
2024—2025 Paxtakor 25 (1)
2025— Dibba SCC 1 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 17 (1)
2021— Oʻzbekiston 26 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 2-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 2-avgust uchun)

Futbolchilik faoliyati

Abdulla Abdullayev futbolchilik faoliyatini Bunyodkor klubining yoshlar tizimidan boshlagan. Professional jamoalardagi debyutini 2015-yilda „Bunyodkor-2“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻzbekiston Superligasidagi ilk debutini Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi safida 2017-yilda oʻtkazgan. Bunyodkor klubi safida 5 yil davomida toʻp surdi va 2019-yilda qaldirgʻochlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasi Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻzgartirdi. Olmaliq jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida oʻynadi. Bu davr muobaynida Abdullar AFC Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoasi bilan birgalikda 2023-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan.

2023-yil 8-sentyabrda BAAning "Khor Fakkan" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil yozgi transfer oynasida BAA jamoasi tark etdi va Oʻzbekistonga qaytdi. 2024-yil 15-iyulda „Paxtakor“ jamooasi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Terma jamoadagi faoliyati

Abdulla Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarining bir qator yosh toifalarida oʻynagan. Kattalar safidagi ilk debyutini 2021-yilda Srečko Katanec murabbiyligi ostida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

  1. „Эшитдик-да! "Бунёдкор" футболчиси АГМКга ўтади“. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  2. „Расман: Абдулла Абдуллаев — АГМК футболчиси!“. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  3. „Эшитдик-да! Абдулла Абдуллаев қайси клубга ўтиши маълум“ (2024-yil 13-iyul).
  4. „Абдулла Абдуллаев "Пахтакор" билан бир ярим йиллик шартнома имзолади“ (2024-yil 15-iyul).
  5. „SWEDEN VS. UZBEKISTAN 2 - 1“. 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  6. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.

Havolalar

  • Abdulla Abdullayev (Wayback Machine saytida 2023-08-29 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti
  • Abdulla Abdullayev Transfermarkt sayti
  • Abdulla Abdullayev Soccerway sayti
  • Abdulla Abdullayev FootballDatabase.eu saytida
  • Abdulla Abdullayev National-Football-Teams.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulla Abdullayev haqida, Abdulla Abdullayev nima? Abdulla Abdullayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan