Afshorlar sulolasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Afshorlar davlati bayrogʻi
image
Afshorlar davlati gerbi
image
Afshorlar davlati hududi Nodirshoh hukmronligi davrida

Afshorlar sulolasi (ozarbayjoncha: Əfşarlar sülaləsi; forscha: افشاریان‎) – XVIII asr oʻrtalarida Eronda hukmronlik qilgan sulola. Bu sulolaga 1736-yilda Safaviylar sulolasining soʻnggi vakilini taxtdan agʻdarib, oʻzini Ozarbayjon va Eron shohi deb eʼlon qilgan harbiy sarkarda Nodirshoh asos solgan.

Nodirshoh hukmronligi davrida Eron Sosoniylar saltanatidan keyingi eng katta hududga ega davlat edi. Bu davlat Nodirshoh davrida eng katta hududga ega paytida hozirgi Eron, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz (Dogʻiston), Afgʻoniston, Bahrayn, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Pokiston, shuningdek Iroq, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonning baʼzi bir qismlariga hukmronlik qilgan. Nodirshohning oʻlimidan soʻng imperiyaning katta qismi Zendlar, Durroniylar, Gruzinlar va Kavkaz xonliklari oʻrtasida boʻlingan bir paytda, Afshorlar hukmronligi esa Xurosondagi kichik mahalliy davlat bilan chegaralangan. Afshorlar sulolasi hukmronligi 1796-yilda Ogʻa Muhammad Xon Qojar tomonidan tugatildi.

Afshorlar sulolasi hukmdorlari

| ]
No. Shoh Portret Hukmronligining boshlanishi Hukmronligining tugashi Muhri Zarb ettirgan tangasi
1 Nodirshoh image 1736 yil 8 mart 1747 yil 20 iyun image image
2 Odil Shoh image 1747 yil 6 iyul 1748 yil 1 oktyabr Yoʻq image
3 Shohruh Shoh Yoʻq 1748 yil 1 oktyabr 1750 yil yanvar Yoʻq image
4 Ibrohim Afshor Yoʻq 1748 yil 8 dekabr 1749 Yoʻq image

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Afshorlar sulolasi haqida, Afshorlar sulolasi nima? Afshorlar sulolasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan