Ravshan Muhiddinov
Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (2007-2011), Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi (2011-yilda).
| Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov | |
|---|---|
Равшан Абдулатифович Мухиддинов | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2011-yil 20-iyundan – 2011-yil 21-sentabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Muidjon Tohiriy |
| Vorisi | Ravshanbek Shamsiyev |
| Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
| Mansab davri 2007-yil 29-dekabrdan – 2011-yil 20-iyungacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Foziljon Otaxonov |
| Vorisi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 22-iyul 1963-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | 3-darajali davlat adliya maslahatchisi (2007-2011) |
Biografiyasi
Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1985-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini, 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasida ish o'rganuvchi sifatida boshlagan.
1986-1992-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘limi tergovchisi, prokurori, tergov bo‘limi katta prokurori.
1992-1995-yillarda Toshkent shahar Sobir Rahimov tumani prokurori o‘rinbosari.
1995-yilda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari.
1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat-tahlil boshqarmasi prokurori.
1997-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.
2000-2005-yillarda Jizzax viloyati prokurori.
2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.
2006-2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari.
2007-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.
2011-yilda — O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi.
2011-yilda — Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi.
2011-yil 20-noyabrda hibsga olingan. 2012-yil 16-fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tumani sudi Ravshan Muhiddinovni bir qator og‘ir iqtisodiy jinoyatlar, jumladan, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
2017-yil dekabrda amnistiya munosabati bilan muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan. 2018-yil 8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qarori bilan toʻliq oqlangan.
2018-yildan Toshkent shahridagi shirkatlardan birida yurist sifatida ishlamoqda.
Mukofotlari
2004-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
- MUXITDINOV Ravshan Abdulatifovich
- „По амнистии из тюрем Узбекистана выходят только чиновники“. 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн уч йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ravshan Muhiddinov haqida, Ravshan Muhiddinov nima? Ravshan Muhiddinov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!