Azizbek Haydarov
- Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Haydarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Azizbek Saidrahimovich Haydarov | ||
| Tavallud sanasi | 8-iyul 1985-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.82 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2007 | Lokomotiv Toshkent | 19 | (2) |
| 2008—2011 | Bunyodkor | 143 | (8) |
| 2011—2017 | Al Shabab | 123 | (13) |
| 2017—2018 | Ajman | 19 | (0) |
| 2018 | Bunyodkor | 12 | (3) |
| 2019 | Lokomotiv Toshkent | 7 | (0) |
| Total | 323 | (26) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2018 | Oʻzbekiston | 86 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Azizbek Saidrahimovich Haydarov (1985-yilning 8-iyulida tugʻilgan) – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasining sobiq yarim himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Futbol faoliyatida birinchi klub jamoasi Lokomotiv Toshkent. Ushbu jamoada Azizbek Haydarov 2005-2007 yillarda oʻynab kelgan.
Klub
| ]Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boshlagan. 2007—2011-yillar va 2018-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilning 26-iyulida u BAAning Al-Shabab klubi bilan shartnoma imzoladi va 2017-yilgi mavsumgacha BAA jamoasida oʻynagan. 2017—2018-yillarda BAAning boshqa bir jamoasi „Ajman“ klubida toʻp surgan.
2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yarim mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati
| ]U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan va uning sardori boʻlgan.
U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U Osiyo Kubogining uchta final turnirida qatnashgan – 2007-yilda (uchta oʻyinda ishtirok etgan), 2011-yilda (oʻz jamoasining barcha oltita oʻyinida maydonga tushib, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yilda (toʻrtta oʻyinda ham ishtirok etgan).
Haydarov 2007-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta oʻyinda maydonga tushdi (2015-yil 31-mart holatiga koʻra), shu jumladan, 2010-yyilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta oʻyinda.
U 2007-yilda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Haydarov Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2011-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi oʻyinda gol urgan. Gol baʼzan Maksim Shatskix hisobiga yoziladi, uning jarima zarbasini Haydarov 2:1 hisobida gʻalaba qozonish uchun Quvayt darvozasiga yoʻlladi.
Futboldan keyingi faoliyati
| ]2019-yildan 2021-yilgacha OʻFA terma jamoalar markazi boshligʻi sifatida faoliyat olib bordi. 2022-yilgi mavsumda „Bunyodkor“ klubi akademiyasi bosh direktori sifatida tayinlandi.
Terma jamoa uchun gollar
| ]Xalqaro gollar
| ]- Olingan ballar va natijalar birinchi navbatda Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 17-noyabr 2015 | Grand Hamad Stadium, Doha, Qatar | 1-0 | 3-1 | 2018 FIFA World Cup qualification |
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2010
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007
- Oʻzbekiston kubogi sohibi : 2008, 2010
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007, 2009
Manbalar
| ]- „Расман: Азизбек Ҳайдаров "Бунёдкор" футболчисига айланди“. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „Азизбек Ҳайдаров "Ал Шабаб"ни тарк этди“. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „Азизбек Ҳайдаров: “Жаҳон чемпионатига чиқишга тайёрмизми?”“. 2024-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „“Локомотив” янги футболчиларни таништирди ФОТО“. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „Uzbekistan - Record International Players“. RSSSF. 2008-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-oktyabr.
- Azizbek Haydarov – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- „Эшитдик-да! Азизбек Ҳайдаров терма жамоалар маркази бошлиғи бўлади“. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „Эшитдик-да! Азизбек Ҳайдаров ЎФАдан кетди“. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „Эшитдик-да! Азизбек Ҳайдаров - "Бунёдкор" академияси бош директори“. 2024-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- „Эшитдик-да! Азизбек Ҳайдаров "Бунёдкор"дан кетди“. 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
| ]- Azizbek Haydarov National-Football-Teams.com saytida
- 8-iyulda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Al Shabab Al Arabi Club (Dubay) futbolchilari
- Ajman futbol klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- BAA Pro-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Azizbek Haydarov haqida, Azizbek Haydarov nima? Azizbek Haydarov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!