Abdumavlon Abdujalilov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov | ||
| Tavallud sanasi | 22-dekabr 1994-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.88 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bunyodkor | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2013 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014—2018 | Neftchi | 38 | (0) |
| 2019—2020 | Bunyodkor | 32 | (0) |
| 2021— | Lokomotiv | 68 | (0) |
| 2025— | Bunyodkor | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009—2011 | Oʻzbekiston U-17 | 5 | (0) |
| 2012—2014 | Oʻzbekiston U-20 | 5 | (0) |
| 2014—2017 | Oʻzbekiston U-23 | 3 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov (ruscha: Абдужалилов, Абдумавлон Абдукодир оглы; 22-dekabr 1994-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 musoboqasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Futbolchilik faoliyati
| ]Abdumavlon „Paxtakor“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va dastlabki ikki mavsum davomida oʻribosarlar jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2016-yilgi mavsumda asosiy jamoa aʼzosiga aylangan va Oʻtkir Yusupov bilan raqobatda darvozani qoʻriqlagan. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng Oʻzbekiston Superligasini tark etdi va Abdumavlon „Bunyodkor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2019—2020-yilgi mavsumlarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan boʻlsa, 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yilgi va 2023-yilgi mavsumda eng koʻp oʻz darvozasini quruq saqlagan darvozabonlardan biri boʻlgan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]Abdumavlon Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida oʻynagan ammo asosiy jamoa tarkibida hali debyut qilmagan.
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023
Manbalar
| ]- „"Meksika-2011" qahramonlari bugun qaerda?“ (23-avgust 2019-yil).
- „Oliy liga-2016. "Neftchi" posbonlari "penaltishunos"“ (2016-yil 7-dekabr).
- „Tur darvozaboni - Abdumavlon Abdujalilov“ (2018-yil 5-mart).
- „Abdumavlon Abdujalilov - "Lokomotiv" futbolchisi“ (2021-yil 11-yanvar).
- „"Quruq o'yin"lar kimda ko'proq?“ (2022-yil 22-noyabr).
- „Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Abdumavlon Abdujalilov: "Eng asosiysi darvozamizdan to'p o'tmasin"“ (2014-yil 14-yanvar).
- „Abdumavlon Abdujalilov: “Iroqqa qarshi o'yinga tayyormiz”“ (2016-yil 16-yanvar).
Havolalar
| ]- Abdumavlon Abdujalilov Transfermarkt saytida
- Abdumavlon Abdujalilov Soccerway saytida
- Abdumavlon Abdujalilov (Wayback Machine saytida 2024-01-03 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida
- 22-dekabrda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdumavlon Abdujalilov haqida, Abdumavlon Abdujalilov nima? Abdumavlon Abdujalilov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!