Dilmurod Nazarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dilmurod Nazarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dilmurod Nazarov
Tavallud sanasi 12-aprel 1976-yil (1976-04-12) (49 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Vafot sanasi 10-oktyabr 2015-yil(2015-10-10)
(39 yoshda)
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—1993 Paxtakor Toshkent 15 (0)
1993 SKIF-Ordabasy 1 (0)
1995—1998 Paxtakor Toshkent 115 (45)
1999 Traktor Toshkent 11 (4)
1999 Sintez Shymkent 5 (2)
2000 Paxtakor Toshkent 6 (1)
2001 Surxon Termiz 4 (1)
2001 Taraz 24 (4)
2002 Qaysar 28 (6)
2003 Taraz (10)
2004 Yassi Sayram 28 (5)
2005 Qaysar 28 (6)
2005 Ordabasi 12 (2)
2006 Navbahor Namangan 9 (3)
Milliy terma jamoa
1995—1997 Oʻzbekiston 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dilmurod Nazarov – Paxtakor va Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Klub faoliyati

| ]

„Paxtakor“ futbol maktabi va maktab-internat tarbiyalanuvchisi. Murabbiylari – Boris Serostanov, German Titov, Rauf Inileyev, Baxtiyor Saidov. U Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida mustaqil Oʻzbekiston chempionatining birinchi mavsumida asosiy jamoa tarkibida oʻynay boshlagan. 1992-yilda u 2 ta oʻyin oʻtkazgan va uning klubi oliy liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yildan buyon „Paxtakor“ bazasida doimiy oʻyinchiga aylangan. 1994-yil oktabr-noyabr oylarida Qozogʻistonda SKIF-Ordabasi jamoasida oʻynagan, chempionatda bitta oʻyin va kubokda bitta oʻyin oʻtkazgan, vataniga qaytib kelgan.

1995-yilda Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida uchinchi oʻrinni egallagan (17 ta gol) va mamlakatning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berishda ikkinchi boʻlgan. 1995-yildan boshlab ketma-ket 4 mavsumda 10 dan ortiq gol urgan. „Paxtakor“ jamoasi bilan birgalikda Oʻzbekiston chempioni (1992, 1998) va mamlakat kubogi sohibi (1993, 1997) va finalchi (1996) boʻlgan. „Paxtakor“ klubining sobiq ustozi Hans Verèl uni 1990-yillarning ikkinchi yarmida Niderlandiya klubiga taklif qilmoqchi boʻlgan, biroq tomonlar narx borasida kelisha olmagan.

1999-yilda Oʻzbekistonda „Traktor“ (Toshkent), Qozogʻistonda „Sintez“ (Chimkent) jamoasida oʻynagan. 2000-yilda u „Paxtakor“ klubiga qaytdi, ammo jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylana olmagan. 2001-yilning birinchi yarmida „Surxon“ (Termiz) jamoasida oʻynagan.

Dilmurod 2001-yil yozidan boshlab bir necha yil davomida Qozogʻistonda, mahalliy chempionatning oʻrta darajadagi jamoalari – Taraz, Qaysar (Qizil-Oʻrda), Yassi-Sayram (Turkiston), Ordabasi jamoalarida oʻynagan. 2003-yilda „Taraz“da oʻynab, 10 ta gol urib, chempionatning eng kuchli oʻnta snayperi qatoriga kirgan va 2003-yil 1-iyulda „Vostok“ klubiga qarshi oʻyinda xet-trik qilgan.

2005-yilning birinchi yarmida Dilmurod Qozogʻiston birinchi ligasida „Qaysar“ safida oʻynagan. Faoliyatini yakunlashidan avval soʻngi bir mavsumni Oʻzbekistonning „Navbahor“ klubida oʻtkazgan.

Umuman olganda, u faoliyati davomida Oʻzbekiston oliy ligasida 64 ta, Qozogʻiston oliy ligasida esa 29 ta gol urgan.

Dilmurod Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan, 1973—1974-yillarda tugʻilgan jamoaning eng yosh futbolchisi boʻlgan. 1990-yillar boshida Markaziy Osiyo yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi turnirda u 9 ta gol urib, ikkinchi toʻpurarga aylangan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

1995—1997-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 10 ta oʻyin oʻtkazgan. Dilmurod 1995-yilning 21-oktyabrida Afro-Osiyo kubogi doirasida Nigeriyaga qarshi uy uchrashuvida debyut qilgan. 1996-yilgi Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etgan va 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

Vafoti

| ]

U 2015-yil oktyabr oyining boshida vafot etdi.

Yutuqlar

| ]

Klub

| ]
Paxtakor
  • image Oʻzbekiston ligasi (2): 1992, 1998
  • image Oʻzbekiston kubogi (2): 1993, 1997

Individual

| ]
  • image Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 2-oʻrin: 1995-yil

Shaxsiy hayoti

| ]

Akasi Yorqin Nazarov (1974-yilda tugʻilgan) ham futbolchi va futbol murabbiyi.

Manbalar

| ]
  1. „Retro-4. Nazarovning boshlang'ich tarkibdagi so'nggi o'yini...“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  2. „18 yoshida milliy terma jamoada debyut, “Vittes”dan tushgan taklif, “Paxtakor”dagi ajoyib o'yinlar – Dilmurod Nazarovni xotirlab“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  3. PYeRVOMU ChYeMPIONSTVU „PAXTAKORA“ 25 LYeT
  4. „"Paxtakor"ning milliy chempionatlardagi eng yaxshi to'purarlari“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  5. „Taziya. Dilmurod Nazarov vafot etdi“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  6. „Dilmurod Nazarov faoliyatiga nazar“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  7. Taʼziya. Dilmurod Nazarov vafot etdi
  8. „Dilmurod Nazarov xotira turniri bo'lib o'tadi“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.

Havolalar

| ]
  • Dilmurod Nazarov at National-Football-Teams.com
  • Dilmurod Nazarov at WorldFootball.net

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dilmurod Nazarov haqida, Dilmurod Nazarov nima? Dilmurod Nazarov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan