Zafarjon Musaboyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 15-oktyabr 1975-yil | ||
| Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 180 cm (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1990—1991 | Sohibkor Xalqobod | - | (-) |
| 1994—1998 | Navbahor | 85 | (38) |
| 1999—2003 | Andijon | 88 | (35) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1995—1996 | Oʻzbekiston | 2 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Zafarjon Musaboyev (1975-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — 1996-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida oʻynagan oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi. Namanganning „Navbahor“ jamoasida ham oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
| ]Musaboyev o‘z faoliyatini „Sohibkor Xalqobod“ jamoasida, to‘rtinchi toifadagi Sovet Ittifoqining ikkinchi „B“ ligasida boshlagan. SSR parchalanganidan keyingi dastlabki yillarda O‘zbekiston birinchi ligasida „Norin/Suvchi“ (Haqqulobod) jamoasida o‘ynagan. 1994-yili O‘zbekiston Superligasi vakili Namanganning „Navbahor“ klubiga o‘tgan. Faoliyatini „Andijon“ klubida yakunlagan.
1994-yili „Navbahor“ (Namangan) jamoasiga o‘tib, besh yarim mavsumni uning tarkibida o‘tkazdi. Namanganliklar safida bir bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan (1996), bir necha bor mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan. 1996-yilgi chempionat mavsumida u 17 ta gol urdi, chempionatning beshinchi toʻpurari va klubining eng yaxshi merganiga aylangan.
1999-yilgi mavsumda u Andijon jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2001-yilgi mavsumda chempionat toʻpurarlari orasida yettinchi oʻrinni egallagan (15 ta gol). U klubdagi soʻnggi oʻyinlarini 2002-yilda oʻtkazdi, keyingi mavsumda u mavsum qaydnomasiga kiritildi, ammo oʻynamadi.
Musaboyev O‘zbekiston oliy ligasida jami 173 ta o‘yin o‘tkazib, 70 ta gol urgan. U oliy liga tarixidagi 50-xet-trik muallifiga aylangan (1996-yil), jami faoliyati davomida 5 ta xet-trik qayd etgan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida 1995-yilda qozog‘istonlik tengdoshlari darvozasiga gol muallifi bo‘lgan (1:3).
1996-yil may-iyun oylarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo kubogi saralash turnirida Tojikiston bilan ikki o‘yinda (0:4, 5:0) ishtirok etgan, har ikkala o‘yinda ham maydonga tushgan. 1996-yil dekabr oyida u Osiyo Kubogi final turnirida terma jamoa tarkibida ishtirok etdi, ammo maydonga tushmagan.
Milliy terma jamoa
| ]Musaboyev 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashida O‘zbekiston terma jamoasi safida ikkita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Yutuqlari
| ]- Oʻzbekiston Oliy ligasi Chempioni: 1996
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1995, 1998
Manbalar
| ]- Barchasi „xet-trik“lar haqida yoxud oldingi 30 mavsumda jami 284ta „uchtalik“ kuzatilgan
- „“Navbahor”ning 1996 yilgi “Oltin yigiti” bir yoshga ulg'aydi“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- „International Matches 1996 - Asia“.
- „Uzbekistan International Matches - Details 1992-1999“.
Havolalar
| ]- Zafarjon Musaboyev Footballfactsru saytida
- 15-oktyabrda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Namanganda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Namangan viloyati kishilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Sohibkor futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Norin klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Zafarjon Musaboyev haqida, Zafarjon Musaboyev nima? Zafarjon Musaboyev nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!