Frederick Sanger

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Frederick Sanger
image
Tavalludi 13-avgust 1918-yil
Rendcomb, Gloucestershire, Angliya
Vafoti 19-noyabr 2013-yil(2013-11-19)
(95 yoshda)
Kembrij, Angliya
Fuqaroligi image Birlashgan Qirollik
Sohasi Biokimyo
Taʼlimi Kembrij universiteti
Akademik rahbarlari Albert Neuberger
Mashhur ishlari Insulin aminokislota ketma-ketligi, DNK tartiblash metodi
Mukofotlari image Kimyodan Nobel mukofoti (1958; 1980)
Copley medali (1977)

Frederick Sanger (kir. Фредерик Сэнгер; 13-avgust 1918, Rendkomb — 19-noyabr 2013, Kembrij) ingliz biokimyogari boʻlgan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1954-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1939). 1951-yildan Tibbiyot tadqiqotlari kengashi aʼzosi va shu kengashning molekular biologiya laboratoriya rahbari boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari oqsillar kimyosiga oid. Insulinning tuzilishini (1945-yildan) tekshirish natijasida uning umumiy formulasi — C254H337N65O75S6, 3 ta sulfid koʻprik va 2 ta zanjirdan iboratligini: A zanjir 21 ta, B zanjir esa 30 ta aminokislota qoddigʻidan tashkil topganligini isbotlagan (1949—54). DNKning birlamchi strukturasini tahlil qilish usulini taklif etgan (1977). Ikki karra Nobel mukofoti laureati (1958; 1980, Paul Berg, Walter Gilbert bilan hamkorlikda).

Sanger 2013-yil 19-noyabrda Kembrijdagi Addenbrooke kasalxonasida vafot etdi.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. http://www.theaustralian.com.au/news/health-science/double-nobel-winning-father-of-genomics-frederick-sanger-dies/story-e6frg8y6-1226764909552
  3. „Frederick Sanger: Nobel Prize winner dies at 95“. BBC.co.uk (20-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  4. The Telegraph: Frederick Sanger, OM (accessed 20-noyabr 2013-yil)

Havolalar

| ]
  • Sanger universiteti




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Frederick Sanger haqida, Frederick Sanger nima? Frederick Sanger nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan