Gennadiy Kochnev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Gennadiy Kochnev | ||
| Tavallud sanasi | 1-avgust 1968-yil | ||
| Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR | ||
| Boshqargan klublari | |||
| Yillar | Jamoalar | ||
| 2009 | Mashʼal | ||
| 2010—2011 | Buxoro | ||
| 2017 | Shoʻrtan | ||
| 2021—2022 | Shoʻrtan (assistent) | ||
| 2022—2023 | Gʻijduvon | ||
Gennadiy Kochnev (ruscha: Геннадий Кочнев; 1-avgust 1968-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi.
Murabbiylik faoliyati
| ]Buxoro futbol tarbiyalanuvchisi Gennadiy, futbolchilik faoliyati davomida asosan havaskorlar jamoalarida oʻynagan. Murabbiylik faoliyatini Buxoroda boshlagan va bir necha yillar davomida „Buxoro“ klubi tizimida ishlagan. 2009-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ jamoasida yordamchi murabbiy vazifasida ishlagan. 2010-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytgan va ikki mavsym davomidaklubda ishlagan. Uning murabbiyligi davrida 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibiga aylangan. 2012-yilgi mavsum oldidan klub bosh murabbiyligidan ketdi va bir necha mavsum klub tizimida ishlagan.
2015-yilgi mavsum oldidan yanggi tashkil etilgan Buxoroning „Nurafshon-Buxoro“ jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Ikki yarim mavsum davomida „Nurafshon“ jamoasida ishlagan Kochnev 2017-yilgi mavsum ikkinchi yarmida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2018-yilgi mavsum oldidan Termizning „Surxon“ klubi ish boshladi va klub tizimida ishlagan.
2021-yilgi mavsumda Rossiyaning „Neftgazomantaj“ jamoasida sport direktori lavozimida ishlagan. 2022-yil mavsum oldidan Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga Asror Aliqovga yoramchi murabbiy sifatida qaytdi. Bir muddat Gʻuzorda ishlagan Kochnev 2022-yil ikkinchi yarmidan Gʻijduvonning „Gʻijduvon“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Gʻijduvob klubiga bir yarim mavsum bosh murabbiylik qilganidan soʻng 2023-yil mavsum yakunida jamoani tark etgan.
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2010
Shaxsiy hayot
| ]Gennadiy Kochnev futbolchi Yevgeniy Kochnevning otasidir. Yevgeniy 2022-yilgi mavsumda kelishilgan oʻyinlarda ablanib futbolda 3 yilga chetlatilgan.
Manbalar
| ]- „Gennadiy Kochnev - Transfermarkt“.
- „Бухорода "Нурафшон" жамоаси тузилди“ (2015-yil 18-sentyabr).
- „Геннадий Кочнев «Муаммолар «Нурафшон» натижасига таъсир этмоқда»“ (2016-yil 28-iyun).
- „“Шўртан”ни иккинчи даврага Легай ва Кочнев тайёрлайди“ (2017-yil 17-iyul).
- „SQUAD SHURTAN GUZAR -“.
- „Абдумалик Ҳакимов, Кочнев ва Тоиров “Сурхон”да, Иномов ва Фарҳод Тожиев кетди“ (2018-yil 8-iyul).
- „Тажрибали мураббий Геннадий Кочнев - "Нефтгазмонтаж" клубида иш бошлади“ (2021-yil 11-may).
- „"Ғиждувон"га янги бош мураббий тайинланди“ (2022-yil 13-iyul).
- „Про лига клубида бош мураббий ўзгарди“ (12 июль, 2022).
- „"Ғиждувон" 8 нафар футболчи билан шартнома тузди. Уларнинг орасида кимлар бор?“ (30 июль, 2022).
- „Махарадзе 5 йилга футболдан четлатилди — Этика қўмитаси қарори“ (2022-yil 16-sentyabr).
Havolalar
| ]- Gennadiy Kochnev Transfermarkt saytida
- Gennadiy Kochnev Soccerway saytida
- 1-avgustda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Buxorolik sportchilar
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Buxoro klubi murabbiylari
- Nurafshon Buxoro klubi murabbiylari
- Gʻijduvon klubi murabbiylari
- Shoʻrtan klubi murabbiylari
- Mashʼal klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gennadiy Kochnev haqida, Gennadiy Kochnev nima? Gennadiy Kochnev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!