Aleksandr Xomyakov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Xomyakov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Andreyevich Xomyakov
Tavallud sanasi 5-mart 1969-yil (1969-03-05) (56 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Boʻyi 189 cm (6 ft 2 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987 Dinamo Mahachqalʼa 5 (-)
1990 Dinamo Mahachqalʼa 8 (-)
1990 Dagdizel Kaspiysk - (-)
1991 Sokol Saratov 15 (-)
1992 Sokol Saratov - (-)
1992—1995 Energiya Voljskiy 48 (-)
1996 Nalchik Spartak 11 (-)
1997 Energiya Voljskiy 11 (-)
1998—1999 Diana Voljsk 63 (-)
1999—2000 Qarabagʻ FK 7 (-)
2000 Salyut Saratov 12 (-)
2001 Oqjetpes FK 6 (-)
2003 Spartak Yoshkar-Ola 32 (-)
2004—2007 Energiya Voljskiy 15 (-)
Boshqargan klublari
2010—2012 Mash’al Akademiya
2013—2019 Mashʼal
2019—2020 Andijon
2020 Buxoro (yordamchi)
2021—2022 Mashʼal
2023—2025 Andijon
2025— Buxoro
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Andreyevich Xomyakov (1969 -yil 5-martda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi „Buxoro“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlaydi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Kaspiysk shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1987-yilda Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1991-yilda „Sokol-Saratov“ klubiga oʻtdi. 1992-yildan 1995-yilgacha Volganing „Torpedo“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik, „Nalchik-Spartak“, „Diana Voljsk“ va „Salyut-Saratov“ klublarida toʻp surgan. 2001-yilda Qozogʻistonga koʻchib, „Yesil-Kokshetau“ klubida oʻynagan, 6 oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yuborgan va tez orada klubni tark etdi. 2003-yilda Yoshkar-Olaning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini Volga „Torpedo“ jamoasida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Aleksandr Xomyakov murabbiylik faoliytini Oʻzbekistonda, Muborakning "Mash’al Akademiya" jamoasida yoshlar futbolchililarga murabbiylik qilishdan boshlagan va 2011-yilgi mavsumda akademiyaning asosiy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2013-yilgi mavsum boshida akademiyadagi muvaffaqiyatlaridan soʻng Muborakning asosiy jamoasi „Mashʼal“ klubining bosh murabbiy sifatida tayinlangan.

2014-yil OFKning murabbiylik PRO litsenziyasini olgan. 2019-yilgacha Muborakliklar bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2019-yilgi mavsumning ikkinchi qismida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiy etib tayinlangan 2020-yil mavsum boshida „Andijon“ klubida isteʼfoga chiqarilgan. Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana Muborakning „Mashʼal“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytgan. 2022-yilgi mavsum boshida oʻz xoxishiga koʻra bosh murabbiylikdan ketgan.

2022-yilgi mavsumda Andijon jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikovga yordamchi sifatida ishlagan. 2023-yilgi mavsum boshida Kumikov Qozogʻiston jamoalaridan tushgan taklif sababli „Andijon“ klubini tark etgan va Xomyakov bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Xomyakov qoʻl ostida Andijon jamoasi 2024-yil 5-oktyabrda 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalida Navbahor jamoasini 3-2 hisobida magʻlub etgan va oʻz tarixidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritgan.

„Andijon“ klubining 2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ketma-ket 5 marta magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, bosh murabbiylikdan ketgan.

Yutuqlar

| ]

Murabbiy sifatida

| ]
  • Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2013
  • Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018
  • Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: 2014
  • Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015

Manbalar

| ]
  1. X ChYeMPIONAT KAZAXSTANA PO FUTBOLU – 2001. VISShAYa LIGA. IGRALI I ZABIVALI
  2. „Агамуродов ва Саркисян "Машъал"га келмайди, Хомяков ўз ўрнида қолади“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  3. „Хомяков ва Саидов ПРО лицензияси соҳиби бўлишди“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  4. „Эшитдик-да! Хомяков "Машъал"ни тарк этмоқда“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  5. „Александр Хомяков - "Андижон" бош мураббийи“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  6. „Мавсумдаги биринчи истеъфо“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  7. „Расман: Александр Хомяков "Машъал" устозига айланди“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  8. „"Машъал": Александр Хомяков ўз аризасига кўра вазифасидан озод қилинди“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  9. „Расман: Александр Хомяков - "Андижон" бош мураббийи!“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  10. Breaking! Aleksandr Xomyakov „Andijon“dan ketdi

Havolalar

| ]
  • Aleksandr Xomyakov Transfermarrkt saytida
  • Aleksandr Xomyakov Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Xomyakov haqida, Aleksandr Xomyakov nima? Aleksandr Xomyakov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan