Aleksey Yevstafeyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aleksey Vladimirovich Yevstafeyev | ||
| Tavallud sanasi | 28-dekabr 1967-yil | ||
| Tavallud joyi | Yekaterinburg, RSFSR, SSSR | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Raqami | murabbiy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1990—1991 | | 64 | (5) |
| 1992—1998 | | 169 | (18) |
| 1999 | | 11 | (0) |
| 2000 | | 30 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2001 | | ||
| 2002—2009 | | ||
| 2009—2011 | | ||
| 2011—2013 | | ||
| 2012—2013 | | ||
| 2013—2014 | | ||
| 2013—2014 | | ||
| 2014—2016 | | ||
| 2017 | | ||
| 2018—2020 | | ||
| 2021—2022 | | ||
| 2023 | | ||
| 2024— | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Aleksey Vladimirovich Yevstafeyev (28.12.1967, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek sobiq futbolchisi, [Doʻstlik (futbol klubi, Toshkent)|Doʻstlik Toshkent]] jamoasi bosh murabbiyi.
Hayoti
| ]Futboldagi faoliyati
| ]Yevstafeyev Aleksey Vladimirovich futbolchilik faoliyatini 1990-yildan 1998-yilgacha „Traktor“ klubida oʻtkazgan. 1999-yilda Xorazm tarkibiga kelib qoʻshilgan.
Murabbiylik faoliyati
| ]Yevstafeyev murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston ikkinchi ligasidagi „Qibray“ klubida boshlagan. 2002-yilda "Paxtakor"ga oʻtib, klub akademiyasiga murabbiylik qiladi. 2009-yilda Yevstafeyev Oʻzbekistonning 15 yoshgacha boʻlgan (U-15, 1994-yilda tugʻilgan) yoshlar terma jamoasini boshqargan, uning vazifasi 2010-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati AFC U-16 chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish edi. 2009-yilda jamoa 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2010-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-16 yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Yevstafeyev shogirdlari musobaqa finaliga chiqib KXDRlik tengdoshlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionat natijalariga koʻra Yevstafeyev shogirdlari ilk bor 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 1-oʻrin bilan guruh bosqichidan chiqib, chorak finalda Urugvay termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oʻsha yili Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida (U-19) Ahmadjon Musayevning yordamchisi etib tayinlandi. Jamoa 2012-yilda Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar borib 2013-yil U-20 jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2013-yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning 1/4 finaliga yoʻl oldi.
2011-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan Aleksey Yevstafeyev Oʻzbekistonda 2010-yilning eng yaxshi murabbiyi, shuningdek, yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi deb topildi. 2011-yil natijalariga koʻra Yevstafeyev Vadim Abramovdan soʻng ikkinchi oʻrinni qayd etdi.
2012-yilning 6-yanvarida Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga (21 yoshgacha) bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoa oldiga 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish asosiy vazifa qilib belgilandi. Yevstafeyev shogirdlari 2012-yil iyun oyida Nepalda oʻtkazilgan saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2012-yil 26-dekabrda Yevstafeyev Oʻzbekiston U-18 yoshlar terma jamoasini boshqargan. Bu safar Yevstafeyev zimmasiga 2014-yilda Myanmada boʻlib oʻtadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida oʻtish vazifasi qoʻyildi. 2013-yilda U-18 terma jamoasi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, „A“ guruhida 2-oʻrinni egalladi. 2013-yilning dekabr oyi boshlarida U-22 jamoasida murabbiy almashdi. 2013-yilning 6-dekabr kuni Oʻzbekiston asosiy terma jamoasining hozirgi yordamchisi Shuhrat Maqsudov U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Yevstafeyev terma jamoaning katta murabbiyi, asistent boʻldi. Yevstafeyev, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlganlar (1995-yilda tugʻilgan) jamoasining bosh murabbiyi lavozimini saqlab qoldi. 2014-yil 11-mart kuni Yevstafeyev oʻz iltimosiga binoan U-19 jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu lavozimda uning oʻrnini Sergey Luschan egalladi.
Yutuqlari
| ]Murabbiy sifatida
| ]Oʻzbekiston U15-U17
| ]- U-16 Osiyo chempionati: 2-oʻrin, 2010-yil
- U-17 jahon chempionati: Chorak final, 2011-yil
Shaxsiy
| ]- Oʻzbekistonda yil murabbiyi: 2010-yil
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (2-oʻrin): 2011-yil
- Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi: 2010, 2011
Mukofotlar
| ]- 2011-yil 25-avgust – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy
- 2013-yil 23-avgust- "Doʻstlik" ordeni – ilmiy faoliyati va fidokorona mehnati bilan Vatan mustaqilligini mustahkamlash, milliy gʻoya rivoji, maʼnaviyatni tiklash, xalqning oʻz-oʻzini anglash tuygʻusini yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdod va ijodkorligi uchun.
Manbalar
| ]- „Узбекский прорыв“ (deadlink). Prosportkz.kz (28-iyun 2011-yil). 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- „В Узбекистане назвали лучшего футболиста и тренера 2010 года, 5 января 2011“ (deadlink). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- „Федерация футбола Узбекистана назвала лучших в 2011году“. sportinfo.kz (24-dekabr 2011-yil).[sayt ishlamaydi]
- „Алексей Евстафеев назначен главным тренером молодёжной сборной Узбекистана (до 22-х лет)“. ФФУ (6-yanvar 2012-yil). 2014-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- „Евстафеев — главный тренер U-22“. Газета "Голос Узбекистана" (13-yanvar 2012-yil). 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- „Евстафеев возглавил молодёжную сборную (U-19)“. UzDaily.uz (26-dekabr 2012-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
- „Евстафеев возглавил молодёжную сборную Узбекистана по футболу“. Podrobno.uz (27-dekabr 2012-yil). 6-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- „В Олимпийской сборной Максудову будет помогать Евстафеев“. Championat.asia (6-dekabr 2013-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- „Aleksey Evstafeev "Neftchi"da ish boshladi“. 2025-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
- „Aleksey Estafeev - "SHo'rtan" bosh murabbiyi“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
Havolalar
| ]- Profil na transfermarkt.de
- Profil na sayte FootballFacts.ru
- 28-dekabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Yekaterinburgda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Xorazm futbolchilari
- Zarafshon Navoiy futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Shoʻrtan klubi murabbiylari
- FC Doʻstlik Toshkent klubi murabbiylari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksey Yevstafeyev haqida, Aleksey Yevstafeyev nima? Aleksey Yevstafeyev nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!