Henrik Pontoppidan (1857.24.7, Frederisiya — 1943.21.8, Kopengagen) — daniyalik yozuvchi. Kopengagen politexnika institutini tugatgan (1874—77). Taniqli tarixchi va munaqqid Georg Brandesdan koʻp narsa oʻrgangan va uni eng yaxshi romani — "Jannatmonand yer" (1891 — 95)dagi bosh qahramon prototipi qilib olgan. 1881-yil "Hayot tugadi" hikoyasi haftanomada, "Qirqilgan qanotlar" novellalar toʻplami esa alohida kitob holida chiqqan. Keyinroq "Qishloq hayoti manzaralari" (1883), "Kulbalar ichida" (1887) hikoyalar toʻplamlarini eʼlon qilgan. Yozuvchining keyingi yirik asari — 8 j.li "Omadli Pyer" 1898 — 1904-yillarda nashr etilgan. P.ning 5 j.li soʻnggi romani "Oʻliklar saltanati" (1912— 16)da bosh qahramon yoʻq, unda personajlar koʻp, keng ijtimoiy panorama tasvirlangan, asar markazida turgan radikal siyosatchi uyqudagi xalqni uygʻotishga uringan. "Oʻzlikka olib keladigan yoʻlda" (1943) avtobiografik ocherklar toʻplami ham bor. Nobel mukofoti laureati (1977).
Manbalar
| ]
// (unspecified title)
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Turkumlar::
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
Alifbo boʻyicha yozuvchilar
Adiblar
1875-yilda tugʻilganlar
24-iyulda tugʻilganlar
1943-yilda vafot etganlar
21-avgustda vafot etganlar
Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
Yashirin turkum:
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari
Barcha chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Henrik Pontoppidan haqida, Henrik Pontoppidan nima? Henrik Pontoppidan nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!