Yasunari Kawabata

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yasunari Kawabata
Tavalludi 11-iyun 1899
Vafoti 16-aprel 1972
Ijod qilgan tillari Yapon tili
Fuqaroligi Yaponiya

Kavabata Yasunari (1899.11.6, Osaka shahri — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon sanʼat akademik aʼzosi (1953). 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — "Idzunlik oʻyinchi" (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. K.ning oʻziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuygʻulardan iborat "Qorli oʻlka" (1937) qissasida namoyon boʻlgan. Sanʼat darajasiga koʻtarilgan qad. urf-odatlar — choy bilan bogʻliq udum "Ming qanotli turna" (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. "Togʻlar nolasi" (1953), "Eski poytaxt" (1961) romanlari ichki lirizm bilan sugʻorilgan, "Uyqudagi nozaninlar" (1961) qissasi yolgʻiz qolgan keksa inson hayoti haqida. K. bir qator esselar ("Goʻzallikning yaratilishi va mavjudligi" va boshqalar) muallifi. "Uyqudagi nozaninlar" qissasi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yasunari Kawabata haqida, Yasunari Kawabata nima? Yasunari Kawabata nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan