Senjon Pers (Saint-John Perse) [taxallusi; asl ism-sharifi Aleksi Leje (Leger)] (1887.31.5, Gvadelupa 1975.20.9, Jyen, Var departamenta) — fransuz shoiri. Bordo universitetini tugatgan (1914). Qarshilik koʻrsatish harakatining yirik vakillaridan. Ilk sheʼriy toʻplami — "Eklogalar" (sheʼriy dialog, 1910). Tabiat olami, milliy anʼanalar, umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlar haqida kuylagan ("Anabasis" dostoni, 1924). "Quvgʻun" (1942), "Shamollar" (1946) sheʼriy turkumlari va "Yoʻnalish" (1957), "Qushlar" (1963) dostonlarida vatanparvarlik ruhi kuchli. Nobel mukofoti laureati (1960).
Manbalar
| ]
(unspecified title) — С. 35.
// (unspecified title)
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!