Shaxzod Ubaydullaev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Shahzod Ubaydullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahzod Umid oʻgʻli Ubaydullayev
Tavallud sanasi 2-mart 1998-yil (1998-03-02) (27 yosh)
Tavallud joyi Kosonsoy tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 Mashʼal ? (?)
2016—2018 Mashʼal-2 ? (28+)
2018—2019 Andijon 24 (9)
2020 Metallurg 26 (8)
2021—2023 Shaxtyor S 5 (0)
2021   FC Energetik-BGU Minsk 11 (3)
2022   Neftchi 21 (4)
2023—2024 Metallurg 32 (6)
2025— Navbahor 0 (0)
Milliy terma jamoa
2020— Oʻzbekiston 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shahzodbek Umid oʻgʻli Ubaydullaev (oʻzbekcha: Шаҳзод Умид оглы Убайдуллаев; 1998-yil 2-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Namanganning „Navbahor“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Faoliyati

| ]

Andijon

| ]

Ubaydullayev „Mashal“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2018-yilning iyul oyida „Andijon“ klubiga oʻtgan. Klubdagi debyutini 2019-yil 8-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi debyut golini 2019-yilning 18-aprel kuni „Nasaf“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2019-yilning 2-oktyabr kuni „Surxon“ klubiga qarshi oʻyinda futbolchi ilk dublini qayd etgan. Mavsum davomida klubning asosiy tarkib oʻyinchi boʻlgan va oʻz hisobiga 9 ta gol va golli uzatma yozdirib qoʻygan. Mavsum oxirida esa klubni tark etgan.

Metallurg Bekobod

| ]

2020-yilning yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtgan. Klubdagi debyutini 2020-yilning 29-fevralida AGMK klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda futbolchi birinchi golli uzatmasini ham amalga oshirgan. Debyut golini 2020-yil 15-iyun kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2020-yil 2-iyul kuni „Buxoro“ klubiga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan va golli uzatma ham bergan. Futbolchi mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylanib, barcha musobaqalarda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shakhtyor Soligorsk

| ]

2021-yil yanvar oyi boshida futbolchi Belarusning „Shaxtyor“ klubiga 150 ming yevro evaziga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan. 2021-yilning yanvarida futbolchi rasman „Shaxtyor Soligorsk“ga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi taxminan 123 ming yevroni tashkil qilgan. U klubdagi debyutini 2021-yil 7-mart kuni Belarus kubogi doirasida Neman Grodnoga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda debyut golini urgan. Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2021-yil 13-mart kuni Minskka qarshi oʻtkazgan. U klub safida barcha musobaqalarda atigi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2021-yilning aprelidan boshlab asosiy tarkibda kam maydonga tusha boshlagan.

Energetik-BGU jamoasida ijara

| ]

2021-yilning mart oyida futbolchi faoliyatini Energetik-BGUda ijara asosida davom ettirishi haqida ham maʼlumot paydo boʻlgan. 2021-yil iyul oyida futbolchi mavsum oxirigacha Energetik-BGUga ijaraga berilgan. Klubdagi debyutini 2021-yil 17-iyulda Smorgonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi debyut golini 2021-yil 22-avgust kuni BATE Borisovga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum yakunida u klub safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2021-yilning dekabrida ijara shartnomasi yakunlangach, u klubni tark etgan.

Neftchi jamoasida ijara

| ]

2022-yilning fevral oyida futbolchi Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2022-yilning 2-mart kuni „Qoʻqon-1912“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻzining debyut golini ham kiritdi. Klubning asosiy arkibidan joy oldi. Mavsum yakunida futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Ijara muddati tugagach klubni tark etgan. 2023-yil yanvar oyida „Shakhtyor Soligorsk“ matbuot xizmati futbolchining klubga qaytgani va u bilan yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshlagani haqida xabar berdi. Chempionatdagi ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-mart kuni Novopolotskning „Naftan“ klubiga qarshi oʻtkazdi.

Metallurg Bekobod

| ]

2023-yil Bokobodga qaytgan va „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2024-yil 9-dekabrda Navbahor klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro

| ]

Ubaydullaev 2020-yil 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2020 1 1
2021 2
Umumiy 3 1

2020-yil 3-sentyabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Xalqaro oʻyinlar

| ]
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2020-yil 3-sentyabr Lokomotiv stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Tojikiston 1 – 0 2 – 1 Doʻstona

Yutuqlar

| ]

Klub

| ]
Andijon
  • Oʻzbekiston Pro-ligasi (1): 2018-yil

Shaxtyor Soligorsk

  • Belarus Superkubogi sohibi: 2021, 2023

Manbalar

| ]
  1. „globalsportsarchive.com“. 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  2. „Qizilqum vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-mart).
  3. „Andijan vs. Nasaf“ (en). soccerway.com (2019-yil 18-aprel).
  4. „Andijan vs. Termez Surkhon“ (en). soccerway.com (2019-yil 2-oktyabr).
  5. „AGMK vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 29-fevral).
  6. „Lokomotiv vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 15-iyun).
  7. „Buxoro vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 2-iyul).
  8. „Узбекский нападающий Убайдуллаев может перейти в "Шахтер" за 150 тысяч евро“ (ru). football.by (2021-yil 10-yanvar).
  9. „Шахзодбек Убайдуллаев стал игроком «Шахтера»“ (ru). fcshakhter.by (2021-yil 13-yanvar).
  10. „Shakhtyor Soligorsk vs. Neman Grodno“ (en). soccerway.com (2021-yil 7-mart).
  11. „Shakhtyor Soligorsk vs. Minsk“ (en). soccerway.com (2021-yil 13-mart).
  12. „Источник: "Шахтер" отдаст Убайдуллаева в аренду "Энергетику-БГУ" и подпишет нигерийца Акинбуле“ (ru). football.by (2021-yil 7-mart).
  13. „Шахзодбек Убайдуллаев в «Энергетике» — БГУ“ (ru). energetikbgu.by (2021-yil 15-iyul). 2022-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  14. „Smorgon vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-iyul).
  15. „Energetyk-BGU vs. BATE“ (en). soccerway.com (2021-yil 22-avgust).
  16. „Убайдуллаев и Ковальчук покинули команду“ (ru). energetikbgu.by (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  17. „Убайдуллаев сменил "Шахтер" на "Нефтчи"“ (ru). football.by (2022-yil 1-fevral).
  18. „Neftchi vs. Kokand-1912“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-mart).
  19. „Убайдуллаев вернулся в "Шахтер" из аренды“ (ru). football.by (2023-yil 13-yanvar).
  20. „Shakhtyor Soligorsk vs. Naftan“ (en). soccerway.com (2023-yil 18-mart).
  21. National-football-teams.com

Havolalar

| ]
  • Shahzod Ubaydullayev OʻzPFL saytida
  • Shahzod Ubaydullayev National-Football-Teams.com saytida
  • Shahzod Ubaydullayev Soccerway saytida
  • Shahzod Ubaydullayev Transfermarkt.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shaxzod Ubaydullaev haqida, Shaxzod Ubaydullaev nima? Shaxzod Ubaydullaev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan