Ravshan Muhadov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Röwşen Abdurahmanowiç Muhadow | ||
| Tavallud sanasi | 23-sentyabr 1961-yil | ||
| Tavallud joyi | Ashxobod, SSSR | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| ?-1988 | FK Köpetdag Aşgabat | 208 | (119) |
| 1989 | Paxtakor Toshkent | 35 | (8) |
| 1990 | CSKA Pamir Dushanbe | 0 | (0) |
| 1990-1992 | FK Köpetdag Aşgabat | 76 | (58) |
| 1992-1993 | Gençlerbirliği | 18 | (5) |
| 1994 | Yelimay | 24 | (15) |
| 1995-1996 | Yimpaş Yozgatspor | 8 | (1) |
| 1995-1996 | Nevşehirspor | 14 | (2) |
| 1997 | Yelimay | 14 | (1) |
| 1997-1998 | FK Köpetdag Aşgabat | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992-1994 | Turkmaniston | 12 | (3) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1999-2000 | Nisa Aşgabat | ||
| 1999-2000 | Turkmaniston | ||
| 2003-2007 | Turkmenistan Olympic Team | ||
| 2010-201? | Ahal FK | ||
| 2012-2013 | Turkmenistan (youth) | ||
| 2012-2013 | Turkmenistan U-16 | ||
| 2016-201? | Turkmaniston | ||
| 2021 | Turkmaniston | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rovshen Abdurahmanovich Muhadov (turkmancha: Röwşen Abdurahmanowiç Muhadow; 1961-yil 23-sentyabr), turkman futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylardan biri. 1994-yil Qozogʻiston Respublikasi sport ustasi.
Shaxsiy hayot
| ]Ravshan Muhadov 1961-yil 23-sentyabrda Ashxobodda (Turkmaniston SSR) tugʻilgan. Uning ukasi Charyyar ham turkmanistonlik taniqli futbolchi boʻlib, bir muddat Turkmaniston terma jamoasi shtab-kvartirasini boshqargan. Uning oʻgʻli Azat Turkmanistonning „Bolqon“ klubi va Turkmaniston terma jamoasida toʻp surgan.
Oʻyin faoliyati
| ]Muhadov mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik nomini Kopetdogʻga oʻzgartirgan) jamoasida ikkinchi ittifoq ligasida oʻynagan. U Ashxobod klubi safidagi ilk oʻyinini SSSR kubogida 1980-yili Lunchxutining „Guriya“ klubiga qarshi oʻtkazgan, tanaffusdan soʻng zaxiradan maydonga tushgan. U 1982-yilda SSSR ikkinchi ligasida chempionatidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. U koʻp vaqtini Ashxobod klubida oʻynagan, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Sermahsulligi yuqori boʻlgan va 1988-yilgi mavsumda 34 oʻyinda 24 gol urgan.
Muvaffaqiyatli 1988-yilgi mavsumdan soʻng 1989-yilda Muhadov SSSR birinchi ligasidagi Toshkentning „Paxtakor“ klubidan taklif olgan. U Oʻzbekiston klubi safida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Mavsum yakunida „Paxtakor“ turnir jadvalining oʻrtalaridan joy oldi va oliy ligaga qayta olmadi.
1990-yillarning boshlarida, Muhadov va uning katta ukasi Çaryyar Dushanbening „Pomir“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Keyinchalik ukasidan farqli oʻlaroq, Tojikiston klubi tarkibida oʻynamagan va Kopetdogʻ klubiga qaytgan.
1990-yillar oʻrtalarida u „Kopetdogʻ“ga qaytib keldi va u bilan 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli oʻynagan. Kopetdag jamoasida faoliyatini davom ettirgab Muhadov yana eng yaxshi toʻpurariga aylandi va 1991-yilgi mavsumda 42 oʻyinda 35 ta gol urib, SSSR Bufer ligasining sharqiy zonasida eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Kopetdag esa ikkinchi oʻrinni egallagan. 1992-yilgi mavsumda klub bilan birgalikda Turkmaniston chempionatida start oldi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin barcha sobiq ittifoq respublikalari oʻzlarining milliy chempionatlarini oʻtkaza boshladilar. Kopetdogʻ 1992-yilda Turkmanistonning birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan.
1992-yilning oktabr oyida Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritgach, Muhadov oʻzini Turkiya chempionatida sinab koʻrishga qaror qildi va mavsum davomida poytaxtning „Genchlerbirligi“ klubida oʻynagan.
1994-yilda Muhadov Qozogʻiston Premyer-ligasining, Semipalatinsk shahrining „Elimay“ klubidan taklif olgan. Qozog‘iston klubi tarkibida Muhadov 15 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻldi. Mavsum yakunida Qozogʻiston chempioni va Qozogʻiston sport ustasi boʻlgan.
1995-yil oʻrtalaridan boshlab u yana Turkiyada quyi liga klublarida oʻynagan. U yerda avvaliga „Impash Yozgatspor“, keyin „Nevshehirspor“ jamoasida oʻynagan. 1997-yilda u Elimayga qaytdi, biroq avvalgi koʻrsatkichlarini takrorlay olmadi. 14 uchrashuvda atigi 1 ta gol urgan. 1998-yilda Muhadov Kopetdogʻga qaytib keldi va u yerda oʻzining oldingi sport formasiga yaqinlashdi va yana Turkmaniston chempioni boʻlgan. 1998-1999-yilgi mavsumda Ashxobod klubi safida yana Turkmaniston chempioni boʻldi va shundan soʻng futbol maydonlarida oʻynashni tugatgan.
Xalqaro martaba
| ]Muhadov Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan. U Turkmaniston terma jamoasining birinchi oʻyinida Olmaotada Qozogʻistonga qarshi maydongga tushgan va 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Milliy terma jamoa tarkibida Muhadov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 1992-yildan 2000-yilgacha terma jamoa safida jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati
| ]Muhadov murabbiylik faoliyatini, futbolchilik faoliyatini yakunlagan paytda boshlagan. Faoliyati yakunlaginidan soʻng „Nisa“ klubi va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Bu lavozimlarda u bir yildan kamroq vaqt ishlagan.
2003-2007-yillarda mamlakat olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ayni paytda yoshlar terma jamoasida ham murabbiylik qilgan.
2010-yilda Muhadov bir muddat „Ahal“ klubini boshqargan. 2011-yil sentyabr oyida Muhadov Pro murabbiylik litsenziyasini oldi. Bu unga dunyoning istalgan mamlakatidagi terma jamoalar va klublarni boshqarish huquqini beradi.
2012-yildan 2013-yilgacha Muhadov mamlakat yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan va u bilan 2012-yilda Turkmaniston prezidenti kubogini qoʻlga kiritgan.
2016-yilda Turkmaniston U-16 terma jamoasi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Muhadov Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga ega.
2021-yil 12-mart kuni Muhadov Turkmaniston milliy futbol terma jamoasiga murabbiy boʻlgan.
Manbalar
| ]- Röwşen Muhadow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive
- „Назначен новый главный тренер сборной Туркменистана по футболу | Спорт“.
- Bundesliga interesuetsya kazaxstanskim golkiperom Davidom Loriya
- Protokol matchu (ruscha)
- „"Пахтакор" Ташкент — 1989.“. 2015-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- „Pamіr“ Dushanbe — 1990[sayt ishlamaydi]
- Vixod v vishku. (1991 god) (ruscha)
- Istoriya Semeyskogo futbola (ruscha)
- PFK „YeLIMAY“ g. SYeMIPALATINSK — ChYeMPION KAZAXSTANA 1994 god! (Wayback Machine saytida 2017-03-17 sanasida arxivlangan) (ruscha)
- Bundesliga interesuetsya kazaxstanskim golkiperom Davidom Loriya (ruscha)
- PAS IZ-ZA GRANITsI. ChYeMPIONAT TURKMYeNII (ruscha)
- Kazaxstan — Turkmeniya — 1 : 0 01.06.1992 (ruscha)
- Dva futbolnix trenera iz Turkmenistana poluchili litsenziyu kategorii PRO
- Opredelilis soperniki turkmenskix futbolistov v Kubke Sodrujestva-2013
- „Ertangi kun sporti“. Rovshan Muxadov: „Turkmanistonda futbol rivojlanmoqda“ (turkmancha)
- Nakanune mejdunarodnogo turnira (ruscha)
- Glavnim trenerom sbornoy Turkmenistana po futbolu naznachen Rovshen Muxadov[sayt ishlamaydi]
- 23-sentyabrda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Ashxobodda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ashxobodlik kishilar
- Ashxobodlik futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Turkmaniston futbol murabbiylari
- Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Gençlerbirliği S.K. futbolchilari
- FC Yelimay futbolchilari
- Yozgatspor futbolchilari
- FC Nevshehirspor futbolchilari
- FC Nisa klubi futbolchilari
- FC Nisa Aşgabat murabbiylari
- FC Ahal klubi murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ravshan Muhadov haqida, Ravshan Muhadov nima? Ravshan Muhadov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!