Abdumavlon Abdujalilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdumavlon Abdujalilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov
Tavallud sanasi 22-dekabr 1994-yil (1994-12-22) (30 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.88 cm (12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2013 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Neftchi 38 (0)
2019—2020 Bunyodkor 32 (0)
2021— Lokomotiv 68 (0)
2025— Bunyodkor 0 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2011 Oʻzbekiston U-17 5 (0)
2012—2014 Oʻzbekiston U-20 5 (0)
2014—2017 Oʻzbekiston U-23 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov (ruscha: Абдужалилов, Абдумавлон Абдукодир оглы; 22-dekabr 1994-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 musoboqasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Abdumavlon „Paxtakor“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va dastlabki ikki mavsum davomida oʻribosarlar jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2016-yilgi mavsumda asosiy jamoa aʼzosiga aylangan va Oʻtkir Yusupov bilan raqobatda darvozani qoʻriqlagan. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng Oʻzbekiston Superligasini tark etdi va Abdumavlon „Bunyodkor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2019—2020-yilgi mavsumlarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan boʻlsa, 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yilgi va 2023-yilgi mavsumda eng koʻp oʻz darvozasini quruq saqlagan darvozabonlardan biri boʻlgan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Abdumavlon Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida oʻynagan ammo asosiy jamoa tarkibida hali debyut qilmagan.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023

Manbalar

| ]
  1. „"Meksika-2011" qahramonlari bugun qaerda?“ (23-avgust 2019-yil).
  2. „Oliy liga-2016. "Neftchi" posbonlari "penaltishunos"“ (2016-yil 7-dekabr).
  3. „Tur darvozaboni - Abdumavlon Abdujalilov“ (2018-yil 5-mart).
  4. „Abdumavlon Abdujalilov - "Lokomotiv" futbolchisi“ (2021-yil 11-yanvar).
  5. „"Quruq o'yin"lar kimda ko'proq?“ (2022-yil 22-noyabr).
  6. „Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Abdumavlon Abdujalilov: "Eng asosiysi darvozamizdan to'p o'tmasin"“ (2014-yil 14-yanvar).
  7. „Abdumavlon Abdujalilov: “Iroqqa qarshi o'yinga tayyormiz”“ (2016-yil 16-yanvar).

Havolalar

| ]
  • Abdumavlon Abdujalilov Transfermarkt saytida
  • Abdumavlon Abdujalilov Soccerway saytida
  • Abdumavlon Abdujalilov (Wayback Machine saytida 2024-01-03 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdumavlon Abdujalilov haqida, Abdumavlon Abdujalilov nima? Abdumavlon Abdujalilov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan