Sergey Smorodin
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sergey Dmitrievich Smorodin | ||
| Tavallud sanasi | 15-fevral 1994-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 186 cm (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2011—2013 | Paxtakor | 0 | (0) |
| 2012 | → Paxtakor-2 | - | (-) |
| 2013 | → Andijon | 12 | (0) |
| 2014 | Andijon | 20 | (0) |
| 2015—2016 | Neftchi | 17 | (0) |
| 2017 | Chornomorets Odessa | 1 | (12) |
| 2018 | Green Streets | 64 | (25) |
| 2019—2020 | Chornomorets Odessa | - | (-) |
| 2021 | Krivbas-2 (havaskorlar) | - | (-) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2011 | O‘zbekiston U-17 | 6 | (0) |
| 2013 | O‘zbekiston U-20 | 5 | (0) |
| 2014 | O‘zbekiston U-23 | 2 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2021 | Krivbas-2 (darvozabonlar murabbiyi) | ||
| 2021—h. v. | Krivbas-2 ayollar jamoasi (darvozabonlar murabbiyi) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sergey Smorodin (1994-yil 15-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
| ]2012-yilgi mavsum birinchi ligada ishtirok etgan „Paxtakor-2“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida bu davrda ikki nafar asosiy darvozabon borligi sababli Sergey boshqa jamoaga ijara shartnomasi evaziga ketishga rozi boʻlgan. 2013-yilgi mavsumni Andijon jamoasida ijara asosida boshlagan. Sergey klubdagi dastlabki davrida jamoaning uchinchi darvozaboni hisoblangan, lekin tez orada jamoaning asosiy va ikkinchi darvozabonlarining beqaqor oʻyini tufayli, oʻzini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan. Oʻsha mavsumda birinchi liganing 12 uchrashuvida maydonga tushgan. Chempionat yakunida „Andijon“ futbolchining shartnomasini sotib olgan.
2014-yilgi mavsum avvalida jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni boʻlishi kutilgan edi ammo mavsum davomida Oliy ligada faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan. Chempionat yakunida „Neftchi“ klubi Smorodinni „Andijon“ jamoasidan sotib olgan va Fargʻona klubi rahbariyati Sergeyga jamoaning birinchi darvozaboni oʻrnini vaʼda qilgan. Biroq chempionat boshlanishi arafasida klub Qozonning „Rubin“ klubidan darvozabon Yevgeniy Cheremisinni ham sotib olgan. Rahbariyat Sergeyning jamoadagi ahamiyatiga ishontirishiga qaramay, amalda Smorodin ikkinchi darvozabonga aylangan.
2017-yil fevral oyida Sergey Ukraina Premyer-ligasining „Chernomorets“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]Turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalariga chaqirilgan. 2010-yilgi U16 Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 2011-yilgi U17 oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati chorak finalchisi boʻlgan. Bu turnirlar davomida asosan zaxira darvozaboni boʻlgan.
Manbalar
| ]- „Сергій Смородин: «Доведу, що я гідний носити футболку «Чорноморця»“. 29 березня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 липня 2017.
- „Сергей Смородин “Нефтчи”га ўтмоқда“. 28 ноя 2014 13:04da asl nusxadan arxivlangan.
- „Пополнение в составе "Черноморца"“ (Russian) (2017-yil 21-fevral).
Havoalar
| ]- Sergey Smorodin Soccerway saytida
- Sergey Smorodin Footballdatabase saytida
- 15-fevralda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Ukrainalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Club Green Streets futbolchilari
- FC Chornomorets Odesa futbolchilari
- Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Maldiv orollaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylar
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sergey Smorodin haqida, Sergey Smorodin nima? Sergey Smorodin nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!