Abdujamol Isroilov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abdujamol Ahmadjon oʻgʻli Isroilov | ||
| Tavallud sanasi | 24-dekabr 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Yozyovon tumani Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.77 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
| Joriy klub | Dinamo | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2009—2013 | Neftchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | 
| 2014—2015 | Yozyovon Lochinlari | - | (-) | 
| 2015 | Paxtakor-2 | - | (-) | 
| 2016—2018 | Neftchi | 28 | (0) | 
| 2017 | → Dinamo | 12 | (0) | 
| 2019—2020 | Navbahor | 12 | (1) | 
| 2021 | Buxoro | 0 | (0) | 
| 2022—2023 | Dinamo | 32 | (2) | 
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Abdujamol Ahmadjon oʻgʻli Isroilov (ruscha: Исроилов, Абдуджамол Ахмаджон оглы; 24-dekabr 1996-yil, Yozyovon tumani) – oʻzbek futbolchisi, Dinamo jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Abdujamol Fargʻona futbol tarbiyalanuvchisi. Futboldagi dastlabki faoliyatini „Neftchi“ klubi maktabida boshlagan Abdujamol, ilk professional jamoasi „Yozyovon“ klubi boʻlgan. 2014-2015-yillarda „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga jalb etilgan va faoliyatini „Paxtakor-2“ jamoasida davomettirgan. 2016-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va asosan jamoaning oʻrinbosarlar tarkibida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijaraga berilgan. Samarqand klubidagi muvaffaqiyatlari oʻyinlari sababli ikkinchi davrada „Neftchi“ jamoasiga qaytgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo keyinchalik shartnoma bekor qilinib „Neftchi“ jamoasi tarkibida qolgan. 2018-yilgi mavsum soʻnggida Fargʻona kluibini tark etib, Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Namangan jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va katta qismini jaroxat sababli oʻtkazib yuborgan. 2021-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va asosan yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2022-yilgi mavsumda „Dinamo“ jamoasiga qaytdi va 2023-yilgi mavsum soʻnggiga qadar Samarqand klubi tarkibida oʻynagan. Mavsum soʻnggida „Dinamo“ jamoasi Abdujamol bilan shartnoma uzaytirilmasligini eʼlon qildi.
Terma jamoa
| ]Abdujamol Oʻzbekiston U-20 va Oʻzbekiston U-23 terma jamoalari safida oʻynagan. 2018-yilgi AFC U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida chempion boʻlgan.
Yutuqlar
| ]Klub
| ]- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023
Xalqaro
| ]- AFC U-23 Osiyo chempionati chempioni: 2018
Manbalar
| ]- „Abdujamol Isroilov PFL ma'lumotlari“ (2016-yil). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
- „"Динамо" сўнгги 25 йилда энг ёш таркиб билан ўйнамоқда“ (2017-yil 11-mart).
- „"Динамо" сафида Суперлига 1-даврасида энг кўп ўйин ўтказган футболчи ким бўлди?“ (2022-yil 7-iyul).
- „"Нефтчи" янги футболчиларни таништирди“ (2017-yil 3-avgust).
- „“Насаф” ўз таркибига умидли ярим ҳимоячини қушиб олди“ (2018-yil 23-yanvar).
- „Абдужамол Исроилов: «Нефтчи»да эканлигимдан хурсандман»“ (2018-yil 7-fevral).
- „“Нефтчи” ПФК бир қатор футболчилар билан шартнома тузди“ (2018-yil 11-fevral).
- „«Навбаҳор»дан навбатдаги трансфер“ (2019-yil 7-yanvar).
- „«Навбаҳор» янги футболчилари тақдимотини ўтказди“ (2019-yil 24-mart).
- „Абдужамол Исроилов: “Жароҳат олганимда йиғлаб юбордим”“ (2019-yil 19-iyul).
- „Суперлига-2020 жамоалари заявкаси“ (2020-yil 29-mart).
- „"Навбаҳор"ни яна бир футболчи тарк этди“ (2021-yil 24-yanvar).
- „Абдужамол Исроилов - «Динамо» футболчиси“ (2022-yil 18-yanvar).
- „«Динамо» шартномаси якунига етган 6 футболчи билан хайрлашди“ (2023-yil 11-dekabr).
- „Президент совғаси: 26та Malibu Чемпионларга топширилди (видео)“ (2018-yil 29-yanvar).
Havolalar
| ]- Abdujamol Isroilov (Wayback Machine saytida 2023-12-22 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- Abdujamol Isroilov Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Abdujamol Isroilov Soccerway saytida futbolchi profili
- Abdujamol Isroilov Footballfacts saytida futbolchi profili
- 24-dekabrda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yozyovon tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Yozyovon klubi futbolchilari
- Paxtakor-2 klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdujamol Isroilov haqida, Abdujamol Isroilov nima? Abdujamol Isroilov nimani anglatadi?



 
 

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!