Dilshod Hamroyev
- Vikipediyada ismi Dilshod va familiyasi Hamroyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Dilshod Ilhom oʻgʻli Hamroyev | ||
| Tavallud sanasi | 11-iyul 1995-yil | ||
| Tavallud joyi | Navoiy Oʻzbekiston | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2015 | Qizilqum | 0 | (0) |
| 2016 | Obod | 21 | (-34) |
| 2017 | Bunyodkor | 0 | (0) |
| 2017 | → Navbahor | 4 | (-5) |
| 2018 | Soʻgʻdiyona | 14 | (-21) |
| 2018—2020 | Navbahor | 5 | (-6) |
| 2021 | Dinamo Samarqand | 1 | (-2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014—2015 | Oʻzbekiston U-20 | 6 | (0) |
| 2016—2018 | Oʻzbekiston U-23 | 8 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Dilshod Ilhom oʻgʻli Hamroyev (ruscha: Хамроев, Дильшод Ильхом оглы; 11-iyul 1995-yil, Navoiy) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, darvozbon pozitsiyasida oʻynagan. FIFA U-20 Jahon chempionati 2015 va AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 musoboqalari ishtirokchisi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Dilshod Navoiy futboli maktabi tarbiyalanuvchisidir. Futbolchilik faoliyatini 2013-yilda „Qizilqum“ klubida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Toshkentnning „Obod“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil 3-avgust sanasida Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga Bunyodkor jamoasidan ijara asosida oʻtgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yilgi mavsum yakunida shartnomasi yakuniga yetgan Hamroyev „Navbahor“ jamoasini tark etgan. Ikki yarim mavsum davomida „Navbahor“ klubi tarkibida 5 ta oʻyinda ishtirok etib 6 ta gol oʻtkazib yuborgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Dinamo“ jamoasi tark etgan va keyinchalik professional futbolda koʻrinish bermagan.
Terma jamoa
| ]Dilshod bir qator yosh toifalarida Oʻzbekistonning asosiy darvozabonlaridan biri boʻlgan. 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi sharafini hinmoya qilgan. 2018-yil Xitoyda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan va chempionlikbi qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018
Xalqaro
| ]- AFC U-23 osiyo Kubogi chempioni: 2018
Manbalar
| ]- „"Navbahor" bir qator yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi“ (2017-yil 3-avgust).
- „Transferlar oynasi – «Navbahor»“ (2018-yil 7-iyul).
- „“Navbahor”ni ikki nafar futbolchi tark etdi“ (2020-yil 14-dekabr).
- „"Navbahor" darvozaboni erkin agentga aylandi“ (13 dek 2020).
- „«Dinamo» Ro‘zimboy Ahmedov bilan kelishuvga erishdi, tarkibni 4 futbolchi tark etdi“ (2021-yil 19-iyul).
- „O‘zbekiston OTJ dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Keniyaga mag‘lub bo‘ldi“ (2018-yil 23-mart).
- „JCH-2015 qahramonlari: Ular hozir qayerda?“ (2021-yil 4-fevral).
- „Prezident sovg‘asi: 26ta Malibu Chempionlarga topshirildi (video)“ (2018-yil 29-yanvar).
Havolalar
| ]- Dilshod Hamroyev (Wayback Machine saytida 2023-12-22 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- Dilshod Hamroyev Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Dilshod Hamroyev Soccerway saytida futbolchi profili
- 11-iyulda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Navoiyda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Navoiy viloyati kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Obod klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dilshod Hamroyev haqida, Dilshod Hamroyev nima? Dilshod Hamroyev nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!