Aleksandr Kletskov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aleksandr Kletskov | ||
| Tavallud sanasi | 27-sentyabr 1985-yil | ||
| Tavallud joyi | Mari, Turkman SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2008 | Paxtakor | 61 | (4) |
| 2009 | Jiangsu Sainty | 27 | (5) |
| 2010 | Paxtakor | 12 | (1) |
| 2010 | Tianjin Teda | 13 | (0) |
| 2011—2012 | Paxtakor | 34 | (1) |
| 2013 | Dinamo | 11 | (1) |
| 2014 | Neftchi | 8 | (0) |
| 2015 | Soʻgʻdiyona | 10 | (0) |
| 2017 | Shukura Kobuleti | 5 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2006 | Oʻzbekiston | 10 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2018-yil 26-mart uchun) | |||
Aleksandr Kletskov (ruscha: Александр Клецков; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, futbolchilik faoliyatini Shukura Kobuleti jamoasida yakunlagan.
Futbolchilik faoliyati
| ]Aleksandr Kletskov 1985-yil 27-sentyabrda Mari shahrida tugʻilgan. Kletskov faoliyati davomida markaziy himoyachi sifatida futbol oʻynagan. 2003—2004-yillarda Toshkentning „Paxtakor-2“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilda „Paxtakor“ klubining asosiy tarkibida debyut qilgan. Ketma-ket toʻrt mavsum davomida toshkentliklar safida oʻtkazgan. Shu vaqt ichida u uch marta Oʻzbekiston chempioni (2005—2007) va bir marta kumush medal sohibi (2008) boʻlgan. Bundan tashqari, uch marta (2005—2007) Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.
2009-yilda „Jiangsu Suning“ klubi bilan shartnoma imzolab, Xitoyga koʻchib oʻtgan. 2010-yilda Kletskov Xitoyning boshq bir klubi, „Tianjin Teda“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Tianjin jamoasi bilan milliy chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili u „Paxtakor“ klubiga qaytib, Oʻzbekiston chempionatida (2010-yilda kumush, 2011-yilda bronza, 2012-yilda oltin) medallar jamlanmasini qoʻlga kiritgan, shuningdek, mamlakat kubogini (2011) qoʻlga kiritgan. Osiyo Chempionlar ligasida qatnashgan, 7 ta oʻyin oʻtkazgan.
2013-yil 13-iyulda u Turkiyaning Orduspor klubiga oʻtgan va klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan, ammo keyinchalik transfer bekor qilingan va futbolchi 6 oyga futboldan chetlatilgan. Kletskov 2014-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]2006-yilning 6-sentyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyatidagi yagona oʻyinni oʻtkazgan. Osiyo Kubogi saralash bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkong terma jamoasi bilan mehmonda durang oʻynadi (0:0), Kletskov 90 daqiqa maydonda oʻtkazgan.
Yutuqlar
| ]- Paxtakor
- Oʻzbekiston ligasi (3): 2005, 2006, 2007
- Oʻzbekiston kubogi (4): 2005, 2006, 2007, 2009
- MDH kubogi : 2007
Manbalar
| ]- Benjamin Strack-Zimmermann. „Aleksandr Kletskov“ (en). www.national-football-teams.com. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- „Commonwealth of Independent States Cup 2006“. www.rsssf.com. 2008-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- „Commonwealth of Independent States Cup 2008 - Match Details“. www.rsssf.com. 2020-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- „sportportal“ (Russian). Sportportal.uz (2010-yil 25-yanvar). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „Ўзбекистон кубоги финалларидаги юбилей голларни кимлар урган?“ (2015-yil 14-oktyabr).
- „Aleksandr Kletskov - Detaillierte Leistungsdaten“ (de). www.transfermarkt.de. 2020-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- „uff.uz“ (Russian). uff.uz (2010-yil 3-yanvar). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „Александр Клецков Туркия клубига ўтди“ (2013-yil 12-iyul).
- „Orduspor’a Defans Transferi Aleksandr Kletskov“ (Turkish). spordanhaber.com (2013-yil 13-iyul). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- „Aleksandr Kletskov joins Orduspor“. Uzdaily.com (2013-yil 15-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- „Клецков 6 ойга футболдан четлатилди?!“ (2013-yil 28-avgust).
- „Клецков ва Рисқуллаев мавсум охиригача четлатилди“ (2013-yil 2-sentyabr).
- „Александр Клецков “Нефтчи” машғулотларида“ (2014-yil 31-yanvar).
- „Жиямуродов билан Клецков "Нефтчи"дан кетди“ (2014-yil 5-iyul).
- „"Сўғдиёна": Эшбўтаев ва Қулматов келди, Абдураҳмонов ва Клецков кетди“ (2017-yil 25-fevral).
- Benjamin Strack-Zimmermann. „Hong Kong vs. Uzbekistan (0:0)“ (en). www.national-football-teams.com. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
Havolalar
| ]- Aleksandr Kletskov National-Football-Teams.com saytida
- Aleksandr Kletskov Soccerway saytida
- 27-sentyabrda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Marida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Jiangsu F.C. futbolchilari
- Tianjin Jinmen Tiger F.C. futbolchilari
- FC Shukura Kobuleti futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Xitoy Superligasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Kletskov haqida, Aleksandr Kletskov nima? Aleksandr Kletskov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!