Idgay Tazetdinov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Idgay Borisovich Tazetdinov | ||
| Tavallud sanasi | 13-yanvar 1933-yil | ||
| Tavallud joyi | O‘zbekiston SSR | ||
| Vafot sanasi | 11-avgust 1979-yil (46 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyati, Ukraina SSR, | ||
| Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1948-yil 1953-1955-yillar 1956-1963-yillar 1964-1965-yillar | | ( 51 (11) 202 (33) ? (4)) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1964-1969-yillar 1971-1972-yillar 1973-yil 1974-yil 1976-yil 1977-1979-yillar | | (murabbiy) | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Idgay Borisovich Tazetdinov (1933-yilning 13-yanvarida Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan – 1979-yilning 11-avgustida Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyatida vafot etgan) – sovet futbolchisi va yarimhimoyachisi. SSSR sport ustasi (1962-yil), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977-yil).
Futbolchilik faoliyati
| ]Idgay Borisovich Tazetdinov futbolchilik faoliyatini dastlab Toshkentning „Medik“ bolalar jamoasida, keyinchalik esa „Mehnat“ klubida boshlagan. 1953-1955-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasining „B“ toifasida oʻynagan. 1956-yildan "Paxtakor"da faoliyatini davom ettirgan. Toʻrt yil davomida „B“ toifasida 108 ta oʻyin oʻtkazgan, ushbu oʻyinlarda 21 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
- 1958-yildan – jamoa sardori hisoblangan.
- 1960-1963-yillarda „A“ klasida 94 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan;
- 1964-1965-yillarda "Poliotdel" jamoasida oʻyinchi murabbiy;
- 1969-yilgacha „Poliotdel“da murabbiy boʻlib ishlagan.
Murabbiylik faoliyati
| ]Tazetdinov shuningdek, „Yangiyer“ (1971-1972-yillar), „Andijon“ (1973-yil) va "Yangiariq" (1974-yil) klublari katta murabbiy hamda Yangiyer jamoasi rahbari (1976-yil) sifatida faoliyat koʻrsatgan.
1977-yildan esa „Paxtakor“ murabbiyi sifatida ishlay boshlagan.
Idgay Tazetdinov 1979-yilning 11-avgustida jamoasi bilan Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatga uchragan.
Mashhur futbolchi Toshkentdagi birinchi shahar qabristoniga dafn etilgan.
Idgay Tazetdinov:
- Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1956-yil SSSR xalqlari Spartakiadasining futbol turniri ishtirokchisi.
- 1979-yildagi SSSR xalqlari Spartakiadasining futbol turnirida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi hisoblangan.
Turmush oʻrtogʻi – Alla Sergeyevna Shulepina-Tazetdinova, „Kino aktyori“ ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi rahbari vazifasida ishlagan .
Manbalar
| ]- „Ularning eng kichigi 19 yoshda edi. 44 yil ilgari halokatga uchragan “Paxtakor-79”ni xotirlab“. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
- : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
- „Жизнь, отданная футболу: в Ташкенте отметили 85-летие тренера легендарной команды «Пахтакор» Идгая Тазетдинова Tашкентцы Фото“. 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
Havolalar
| ]- Tazetdinov Idgay Borisovich (1933.13.I −1979.11.VIII)
- 13-yanvarda tugʻilganlar
- 1933-yilda tugʻilganlar
- 11-avgustda vafot etganlar
- 1979-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- SSSR sport ustasi
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Mehnat zahiralari klubi futbolchilari
- Spartak Toshkent futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Xonqa klubi murabbiylari
- Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari
- Yangiyer futbol klubi murabbiylari
- Andijon futbol klubi murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar
- Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Idgay Tazetdinov haqida, Idgay Tazetdinov nima? Idgay Tazetdinov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!