Baxtiyor Davlatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Davlatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Davlatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Baxtiyor Boyjonovich Davlatov
Tavallud sanasi 2-may 1969-yil
Tavallud joyi Yangiyer, Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 20-avgust 2013-yil(2013-08-20)
(44 yoshda)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986—1987 Selnik 3 (0)
1989 SKA-RShVSM 11 (0)
1990 Aralvodstroevets 29 (0)
1991 Toʻrtkoʻlchi 32 (3)
1992—1996 Yangiyer 112 (36)
1993   Orol Nukus 4 (0)
1996   Kosonsoy 7 (0)
1997 Nasaf 30 (16)
1998 Yangiyer ? (39)
1999 Nasaf 12 (4)
2000 Mash’al ? (35)
2001 Metallurg 5 (1)
2004 Mash’al 13 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Baxtiyor Boyjonovich Davlatov (ruscha: Давлятов, Бахтиёр; 1969-yil 2-may, Yangiyer – 2013-yil 20-avgust) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, Muborakning Mash’al, Qarshining Nasaf va „Yangiyer“ jamoalarida oʻynagan. Maydonda hujumchi pozitsiyasida harakat qilgan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Baxtiyor professional futbolchilik faoliyatini 1986-yil Qoraqalpogʻistonda, Toʻrtkoʻlning „Selnik“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1989-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Sverdlovets jamoasi tarkibida oʻtkazgan mavsumidan soʻng Qoraqalpogʻistonga qaytgan va Orol va Selnik jamoalarida oʻynagan.

Sovet ittifoqi qulagach mustaqil Oʻzbekistonning birinchi chempionatini Yangiyer jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Baxtiyor „Yangiyer“ klubi tarkibida 1992-yildan 1996-yilga qadar toʻp surgan. 1993-yilda yarim mavsum Orol Nukus jamoasi tarkibida ijara asosida oʻynagan. Keyinchalik faoliyati davomida Namanganning „Kosonsoy“, Qarshining „Nasaf“, Bekobodning „Metallurg“ va Muborakning „Mash’al“ jamoalarida oʻynagan. Bir muddat „Yangiyer“ jamoasi tarkibiga qaytgan.

Baxtiyor Oʻzbekiston Superligasiga nisbatan Oʻzbekiston Pro ligasida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etgan va ikki liganing (Yangiyer va Mash’al) eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2004-yilda „Mash’al“ jamoasidagi faoliyatidan soʻng professional faoliyatini yakunlagan.

Futboldan keyingi faoliyati

| ]

Futbolchilik faoliyati yakunlaganida soʻng Yangiyerda va Muborakda bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yilda 44 yoshida vafot etgan. Vafotidan soʻng uning xotirasiga „Baxtiyor Davlatov xotira turniri“ tashkil etilgan. Har yili 24-aprel va 5-may oraligʻida oʻsmir yosh futbolchilar oʻrtasida turnir oʻtkaziladi.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Pro ligasi toʻpurari: 1998 (39 ta gol), 2000 (35 ta gol)

Manbalar

| ]
  1. „Baxtiyor Davlatovni xotirlab“ (2013-yil 20-avgust).
  2. „Baxtiyor Davlatov xotira turniri start oldi“ (2015-yil 26-aprel).
  3. „Baxtiyor Davlatov xotira turniri bo'lib o'tdi“ (2016-yil 30-aprel).
  4. „"Nasaf": Yosh futbolchilarimiz Baxtiyor Davlatov xotira turnirida ishtirok etishadi“ (2017-yil 23-aprel).
  5. „Baxtiyor Davlatov xotira turniri start oldi“ (2018-yil 26-aprel).

Havolalar

| ]
  • Baxtiyor Davlatov Footballfactsru saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Baxtiyor Davlatov haqida, Baxtiyor Davlatov nima? Baxtiyor Davlatov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan