Clinton Davisson

Clinton Davisson (talaffuzi: Klinton Devisson) (1881.22.10, Blumington — 1958.1.2, Sharlotsvill)— amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Chikago (1908) va Prinston (1911) universitetlarini tugatgan. Ilmiy ishlari termoelektron va termoion emissiya, termoelektron mikroskop, issiqlik nurlanish, kristallar fizikasi, Borning atom nazariyasiga bagʻishlangan. Amerikalik fizik L.Jermer (1896— 1971) bilan hamkorlikda va J.P.Tomsondan mustaqil ravishda nikel monokristallida elektronlar difraksiyasi hodisasini ochgan (D. va Jermer tajribasi, 1927) va L.de Broylvint materiyaning toʻlqin xususiyati toʻgʻrisidagi gipotezasini amadda tasdiqlagan. Nobel mukofoti laureati (J. P. Tomson bilan hamkorliqda, 1937).
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- 1881-yilda tugʻilganlar
- 1958-yilda vafot etganlar
- 22-oktyabrda tugʻilganlar
- 1-fevralda vafot etganlar
- 20-asr amerikalik olimlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Clinton Davisson haqida, Clinton Davisson nima? Clinton Davisson nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!