Guglielmo Marconi
| Guglielmo Marconi | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 25-aprel 1874-yil Bolonya |
| Vafoti | 20-iyul 1937-yil Rim |
| Fuqaroligi | Italiya qirolligi |
| Millati | Italiyalik |
| Sohasi | radiotexnik |
| Mukofotlari | Nobel mukofoti |
Guglielmo Marconi (talaffuzi: Guglielmo Markoni) (1874.25.4, Bolonya - 1937.20.7, Rim) — italiyalik radiotexnik va tadbirkor. Muntazam ilm olmagan. Elektromagnit toʻlqinlar haqida asosiy maʼlumotlarni italyan fizigi A. Rigidan olgan, uning rahbarligida oʻsmirlik davrida fizika bilan shugʻullangan. 1896-yilda Buyuk Britaniyaga koʻchgan va u yerda elektromagnit toʻlqinlar yordamida signal berish tajribalarini oʻtkazgan. 1897-yilda simsiz telegraflash usuliga tegishli ixtirosiga patent olgan, aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilgan (1897). Aloqa vositasi sifatida radioni rivojlantirgan. 1901-yilda Atlantika okeani orqali radioaloqa oʻrnatgan. Nobel mukofoti laureati (1909; K. F. Braun bilan hamkorlikda).
Manbalar
| ]- (unspecified title) — A+E Global Media.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- 1874-yilda tugʻilganlar
- 1937-yilda vafot etganlar
- 25-aprelda tugʻilganlar
- 20-iyulda vafot etganlar
- Bolonya universiteti faxriy doktori
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Guglielmo Marconi haqida, Guglielmo Marconi nima? Guglielmo Marconi nimani anglatadi?





Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!