Aleksandr Proxorov

Aleksandr Mixaylovich Proxorov (1916(11.7), Aterton shahri, Avstraliya – 2002.8.1 Moskva) — rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik (1966-yil). Ikki marta Mehnat Kaxramoni (1969, 1986). Leningrad universitetini tugatgan (1939). Ilmiy ishlari paramagnit mazer, ochiq rezonator, gazodinamik va qattiq jismli tezlatkichlar, plazmalar fizikasi va boshqalarga oid. Nikolay Basov bilan hamkorlikda (Charles H. Townes | dan mustaqil ravishda) birinchi kvant generator – ma-zerni yaratgan (1954). Xodimlari bilan paramagnit mazerlarni yaratish usullarini rivojlantirgan (1957–58). Lazer texnikasida keng qoʻllanila boshlagan ochiq rezonatorlar gryasini (1958) va gazodinamik lazer gʻoyasini (1967) ilgari surgan. U infraqizil va koʻrinadigan nurlanishlarning qudratli lazerlarini yaratish, bu lazer nurlanishlarning moddalar bilan oʻzaro taʼsirlari toʻgʻrisidagi fundamental ishlar muallifi. Katta Sovet Ensiklopediyasining 3-nashri (1969–1978), Katta Rossiya Ensiklopediyasi (1996-yildan) Bosh muharriri. Nobel mukofoti laureati (1964; Nikolay Basov va Charles H. Townes bilan hamkorlikda).
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Nobel mukofoti sovrindorlari
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Rossiya fiziklari
- SSSR fiziklari
- 2002-yilda vafot etganlar
- 11-iyulda tugʻilganlar
- 1916-yilda tugʻilganlar
- 8-yanvarda vafot etganlar
- Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Proxorov haqida, Aleksandr Proxorov nima? Aleksandr Proxorov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!