Ernest Lawrence

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Ernest Lawrence

Ernest Lawrence (talaffuzi: Ernest Lourens) (1901.8.8, Kanton, Janubiy Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel universitetini tugatgan (1925). Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida (1930-yildan professor, 1936-yildan shu universitet Radiatsiya laboratoriya direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biologiya va tibbiyotda qoʻllanishiga oid. 1930-yilda zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — siklotron gʻoyasini ilgari surgan va birinchi namunasini kurgan (amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933-yilda vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaksiyalarni tekshirdi. AQSH atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ernest Lawrence haqida, Ernest Lawrence nima? Ernest Lawrence nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan