Nuriddin Zayniyev
| Nuriddin Zayniyev | |
|---|---|
|   | |
| Mansab davri 2002 – 2011 | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev | 
| Prezident | Islom Karimov | 
| Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Hamidov | 
| Vorisi | Turobjon Joʻrayev | 
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1952 Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR | 
| Vafoti | 3-fevral 2015-yil (63 yosh) | 
| Siyosiy partiyasi | KPSS | 
| Bolalari | Farxod Zayniyev (oʻgʻli) | 
| Taʼlim | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (1974) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (2004) | 
Nuriddin Zayniyevich Zayniyev (1952—2015) – oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (2002-yil 26-dekabr—2011-yil 30-noyabr).
Tarjimai holi
| ]Nuriddin Zayniyev 1952-yilda Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 1974-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2004-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
1973-yilda KPSS aʼzosi boʻldi. 1990-yilda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining aspiranti boʻldi. 1991-yilda Qashqadaryo viloyat partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi.
Mehnat faoliyatini 1974-yilda viloyat elektr tarmoqlari korxonasi elektr montyori lavozimida boshlagan va shu korxonada navbatchi, katta muhandis, kapital qurilish boʻlimi boshligʻi, texnika-ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan. Shundan soʻng elektr tarmoqlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasi raisi, Qarshi shahar, viloyat partiya qoʻmitalari yoʻriqchisi, boʻlim mudiri, viloyat partiya qoʻmitasi kotibi, viloyat universal tovar-xomashyo „Nasaf“ birjasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
2002-yilgacha „Muborakneftgaz“ DK neft va gaz konlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2002-yil 26-dekabrda Qashqadaryo viloyati hokimi etib saylandi. 2011-yil 30-noyabrda u hokimlik lavozimidan ozod etilgan.
2000-yilda Qashqadaryo viloyati Muborak 227-okrugidan Oliy Majlis II chaqiriq deputati etib saylangan.
2015-yil 3-fevralda vafot etgan.
Manbalar
| ]- „Montyorlikdan hokimlikkacha“ (oʻzbekcha). Qashqadaryo (gazeta) (2025-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 28-sentabr 2025-yil.
- „ЗАЙНИЕВ Нуритдин | TsentrAziya“. centrasia.org. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
- „Нуриддин Зайниев оиласига ҳамдардлик билдирамиз“ (2015-yil 3-fevral). Qaraldi: 14-sentyabr 2022-yil.
Havolalar
| ]Futbol odami – Nuriddin Zayniyev
- Shahrisabz tumanida tugʻilganlar
- 3-fevralda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Qashqadaryo viloyatining hokimlari
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari
- Pages with unreviewed translations
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nuriddin Zayniyev haqida, Nuriddin Zayniyev nima? Nuriddin Zayniyev nimani anglatadi?


 
  
  
 

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!