Sanjar Quvvatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sanjar Quvvatov
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjar Quvvatov
Tavallud sanasi 17-sentyabr 1990-yil (1990-09-17) (35 yosh)
Tavallud joyi Kasbi tumani, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qizilqum
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2007 Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2016 Mashʼal 75 (0)
2016—2018 Nasaf 61 (0)
2019—2023 Paxtakor 52 (0)
2024 Neftchi 1 (0)
2024 Navbahor 7 (0)
2025— Qizilqum 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018— Oʻzbekiston 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sanjar Quvvatov (1990-yil 8-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Navoiyning „Qizilqum“ klubida darvozabon sifatida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Muborakning „Mash’al“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2015-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Muborak jamoasi tarkibida 85 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum oldidan Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtgan. Sanjar Nasaf klubi tarkibida uch mavsum oʻynagan va jami 61 oʻyin toʻpladi. 2019-yilning 25-yanvarida u rasman Toshkentning „Paxtakor“ klubi futbolchisiga aylandi.

2024-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Neftchi klubida yarim mavsum davomida liga oʻyinlarida 7 ta oʻyin oʻtkazgan. 2024-yil 20-iyulda oʻzaro kelishilgan holda jamoani tark etgan. 2024-yil 23-iyulda Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2024-yil 27-dekabrda Navbahor klubi o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomasini tugatilgan va Navoiyning Qizilqum jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Milliy terma jamoa

| ]

Sanjar 2009-yili Misrda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida uchta oʻyinini ham oʻtkazib, 6 ta gol oʻtkazib yuborgan. „D“ guruhida uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, qoʻlga kiritilgan bir ochko Oʻzbekistonga pley-off bosqichiga chiqish uchun yetarli boʻlmagan.

Quvvatov 2010-yilning 10-avgust kuni Eshton Geytda Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Angliya oʻyin davomida toʻpga egalik qilgan va koʻplab zarbalar bergan boʻlsa-da, birinchi navbatda Quvvatovning darvozasiga yoʻllangan zarbalar koʻpni qaytarib qolganligi tufayli hisob atigi 2:0 holatida saqlanib qolgan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2009-yilda Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Keyingi yillarda u mamlakat yoshlar va olimpiya terma jamoalarida ham toʻp surgan. 2011-yildan boshlab u Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirila boshlangan. 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi futbolchilarning yakuniy tarkibiga kiritilgan ammo maydonga tushmagan.

Yutuqlari

| ]
  • Oʻzbekiston chempioni (5):
Paxtakor: 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
Paxtakor: 2019, 2020
  • Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi (1):
Paxtakor: 2019
Nasaf: 2016
Paxtakor: 2021, 2022

Manbalar

| ]
  1. „Расмий хабар: Санжар Қувватов - “Нефтчи"га ўтди!“ (2023-yil 27-dekabr).
  2. „Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди“ (2024-yil 20-iyul).
  3. „"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади“ (2024-yil 23-iyul).
  4. „Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси.“ (2024-yil 27-dekabr).
  5. „England U21 2-0 Uzbekistan U21“ (2010-yil 10-avgust).
  6. http://news.bbc.co.uk/sport1/hi/football/8902828.stm

Havolalar

| ]
  • Sanjar Quvvatov Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sanjar Quvvatov haqida, Sanjar Quvvatov nima? Sanjar Quvvatov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan