Islom Kenjaboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Kenjaboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Islom Kenjaboyev 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Islom Kenjaboyev
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1999-yil (1999-09-01) (26 yosh)
Tavallud joyi Navoiy, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.70 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 27
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2021 Nasaf 74 (10)
2021 Jeju United 1 (0)
2021 Qizilqum 14 (0)
2022 Navbahor 11 (0)
2022—2023 Qizilqum 30 (12)
2025— Qizilqum 0 (0)
Milliy terma jamoa
2017—2019 Oʻzbekiston U-20 5 (0)
2018—2021 Oʻzbekiston U-23 6 (0)
2018 Oʻzbekiston 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 1-noyabr uchun)

Islom Kenjaboyev (1999-yil 1-sentyabr tugʻilgan) oʻzbek futbolchisi, Navoiyning „Qizilqum“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Ilk yillari

| ]

Islom Kenjaboyev 1999-yil 1-sentyabr Navoiy viloyatida tugʻilgan. Shuningdek Islom Kenjaboyev – „Nasaf“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Birinchi murabbiyi Nurali Sultonov. Akademiyada 2012-yildan 2017-yilgacha tahsil olgan soʻng 2017-yilg Islom Kenjaboyev Nasafning oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. 2017-yilda Islom Kenjaboyevning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni asosiy jamoaga jalb etdi. Islom Kenjaboyev „Nasaf“ safida 86 ta oʻyinda maydonga tushib 9 ta gol va 4 ta goli uzatmalarga mualliflik qildi, umumiy hisobda 5.246 daqiqa maydonda toʻp surdi.

2021-yil Nasaf jamoasiga Jeju United klubi Islom Kenjaboyevni sotib olish boʻyicha rasmiy taklif joʻnatdi va Nasaf bu taklifni qabul qildi. Jeju United klubiga bu transfer 400 ming yevroga tushdi. Jeju United safida 2 ta oʻyinda maydonga tushib umumiy hisobda 102 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Jeju United safidagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin Islom Kenjaboyev 2021-yil 14-iyul kuni Qizilqum jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshildi. Qizilqum jamoasi safida 20 ta oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Jamoa safida umumiy hisobda 1.758 daqiqa maydonda toʻp surdi. 2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev „Navbahor“ jamoasiga ijaraga berib yuboriladi.

2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev „Navbahor“ safiga kelib qoʻshildi. Navbahor safida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 401 daqiqa maydonda toʻp surdi. 2023-yildan Qizilqum klubi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yildan Qarshining „Nasaf“ klubi futbolchisi.

Yutuqlar

| ]

Manbalar

| ]
  1. „“Bir futbolchi tarixi”. 15 yoshida O'zbekistonda “eng yaxshi yosh futbolchi” bo'lgan Islom Kenjaboev haqida“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  2. „Меҳнатга яраша муносиб баҳо ёхуд Ислом Кенжабоев ҳақида“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  3. „Islom Kenjaboyev Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
  4. „Расман: "Чежу" Ислом Кенжабоев трансферини эълон қилди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  5. „Islom Kenjaboyev transfer qilindi.“.
  6. „Islom Kenjaboyev Jeju United safidagi ko`rsatkichlari“.
  7. „Islom Kenjaboyev Qizilqum jamoasiga o`tdi“.
  8. „Ислом Кенжабоев "Қизилқум" билан шартнома тузди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  9. „Islom Kenjaboyev Qizilqum safidagi ko`rsatkichlari“.
  10. „Эшитдик-да! Кенжабоев ҳам "Навбаҳор"га ўтмоқда“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  11. „Расман: Ислом Кенжабоев "Қизилқум" футболчиси!“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.

Havolalar

| ]
  • Islom Kenjaboyev Transfermarkt saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Islom Kenjaboyev haqida, Islom Kenjaboyev nima? Islom Kenjaboyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan