Srechko Katanets

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Srechko Katanets
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Srechko Katanets
Tavallud sanasi 16-iyul 1963-yil (1963-07-16) (62 yosh)
Tavallud joyi Lyublyana
Boʻyi 190 cm (6 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi
Mukofotlari image
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1970—1981 Ljubljana
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981—1985 Olimpija 81 (10)
1985—1986 Dinamo Zagreb 21 (3)
1986—1988 Partizan 58 (9)
1988—1989 VfB Stuttgart 26 (1)
1989—1994 Sampdoria 87 (12)
Total 273 (35)
Milliy terma jamoa
Yugoslaviya U21
1983—1990 Yugoslaviya 31 (5)
1994 Sloveniya 5 (1)
Boshqargan klublari
1996—1998 Sloveniya U21
1998 Goritsa
1998—2002 Sloveniya
2003 Olimpiakos
2006—2009 Makedoniya
2009—2011 BAA
2013—2017 Sloveniya
2018—2021 Iroq
2021—2025 Oʻzbekiston
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Srečko Katanec (talaffuzi: Srechko Katanets; 1963-yil 16-iyul, Lyublyana) – sloveniyalik futbolchi va murabbiy, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi.

Faoliyati

| ]

Futbolchi faoliyati

| ]

Faoliyatini Lyublyana klubida boshlagan. 1981—1988-yillarda Yugoslaviyaning „Olimpiya“, Zagrebning „Dinamo“ va „Partizan“ klublarida oʻynagan. 1988-yilda u Gʻarbiy Germaniyaning Shtutgartiga koʻchib oʻtdi, u yerda bir mavsum oʻtkazdi. UEFA kubogi finalchisiga aylandi. Mavsum yakunlangach, Italiyaning „Sampdoriya“ klubiga yoʻl oldi. Italiya klubi bilan u deyarli barcha unvonlarni qoʻlga kiritgan: chempionat, Kubok va Superkubok. Kubok egalari kubogini ham qoʻlga kiritgan. 1991/92-yilgi mavsumda u soʻnggi yevrokubokda finalchi boʻlgan, oʻshanda jamoasi qoʻshimcha vaqtda 0:1 hisobida „Barselona“ga magʻlub boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Sloveniya U21 terma jamoasi

| ]

21 yoshigacha 1996-yildan 1997-yilgacha Sloveniya terma jamoasida murabbiy Drago Kostanshekning yordamchisi boʻlgan.

Goritsa (Nova Goritsa)

| ]

1997-yilning dekabrida ikki yarim yillik shartnoma imzolab, „Goritsa“ bosh murabbiyi boʻlgan.

Sloveniya terma jamoasi

| ]

1998-yilning iyul oyida Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi.

Sloveniya bilan Ukrainani pley-off bosqichida magʻlub qilgan. 2000-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi, bu mamlakatning yirik turnirdagi birinchi ishtiroki edi. Turnirda Sloveniya Yugoslaviya va Norvegiya bilan durang oʻynadi, biroq Ispaniyaga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqa olmadi.

Sloveniya terma jamoasi futbol boʻyicha 2002-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Ispaniya, Janubiy Afrika Respublikasi va Paragvayga guruhdagi uchta oʻyinda magʻlub boʻlgan. Katanets jahon chempionatidan soʻng faoliyatini yakunlagan.

Olimpiakos (Pirey)

| ]

2002-yil 2-noyabrda Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. Katanets qoʻl ostida „Olimpiakos“ kutilganidan ham yomonroq oʻynadi va 2003-yilning 7-fevralida klub uning shartnomasini bekor qildi. 2004-yilda Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod boʻlgan, biroq uning oʻrniga Zlatko Kranchar tanlangan.

Makedoniya terma jamoasi

| ]

2006-yilning 17-fevralida Yevro-2008 saralash bosqichi uchun Makedoniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi aralash natijalardan soʻng, jumladan Shotlandiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va Gollandiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Katanets 2009-yil 6-aprelda oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

BAA terma jamoasi

| ]

2009-yilning 23-iyunida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. 2011-yil 6-sentyabrda futbol boʻyicha 2014-yilgi jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ketma-ket ikkita magʻlubiyatdan soʻng ishdan boʻshatildi.

Sloveniya terma jamoasi

| ]

2012-yil 31-dekabrda Sloveniya futbol assotsiatsiyasining ikkinchi marta bosh murabbiy boʻlish taklifini qabul qildi va 2013-yil

ha jahon chempionatiga oʻta olmaganidan soʻng isteʼfoga chiqdi.

Iroq terma jamoasi

| ]

2018-yilning 4-sentyabrida uch yillik shartnoma asosida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning birinchi yirik musobaqasi 2019-yilgi Osiyo Kubogi boʻlib, unda Iroq boʻlajak chempion – Qatarga 0:1 hisobida magʻlub boʻlib, 1/8 finalga chiqdi.

Uning rahbarligida Iroq ham futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati saralash oʻyinlarida qoʻshni Eron ustidan 2:1 hisobida sezilarli gʻalabaga erishdi. Shundan soʻng, Iroq saralashning uchinchi bosqichiga yoʻl oldi. Ammo, olti oy davomida maoshi toʻlanmagani tufayli Katanes 2021-yilning iyul oyida murabbiylikdan ketgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi

| ]

2021-yilning avgustida 4 yil muddatga Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi. 2025-yil 22-yanvar kuni sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli bosh murabbiylikdan ketgan.

Yutuqlari

| ]

"Partizan"

  • Yugoslaviya chempioni: 1986/87

"Sampdoriya"

  • Italiya chempioni: 1990/91
  • Italiya kubogi sohibi: 1993/94
  • Italiya Superkubogi sohibi: 1991
  • Gʻoliblar kubogi sohibi: 1989/90

Mukofotlari

| ]

2025-yil 6-iyunda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

| ]
  1. „Катанец покинул сборную Словении“ (ruscha). Football24.ua (5-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  2. „Катанец возглавил сборную Ирака“.
  3. „Сречко Катанец может стать главным тренером сборной Узбекистана по футболу“.
  4. „Сречко Катанец возглавил сборную Узбекистана по футболу“ (ruscha). Gazeta.uz. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  5. „Эшитдик-да! Сречко Катанец қандай касаллиги маълум“. championat.asia.
  6. „Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди“. championat.asia.
  7. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.

Havolalar

| ]
  • Sloveniya terma jamoasi veb-saytidagi profil (Wayback Machine saytida 2011-05-25 sanasida arxivlangan)
  • Serbiya terma jamoasi veb-saytida tarjimai holi va statistikasi
  • Andoza:EU-Football.info manager

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Srechko Katanets haqida, Srechko Katanets nima? Srechko Katanets nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan