Jahongir Oʻrozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Oʻrozov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jahongir Oʻrozov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jahongir Oʻrozov
Tavallud sanasi 18-yanvar 2004-yil (2004-01-18) (21 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 190 m (623 ft 4 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
image Eyüpspor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2022 image Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022—2023 image Bunyodkor 17 (0)
2023— image Eyüpspor 0 (0)
2024   image Dinamo 7 (0)
Milliy terma jamoa
2022—2023 image Oʻzbekiston U-20 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 12-oktyabr uchun)

Jahongir Oʻrozov (2004-yil 18-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirok etgan. 2023-yil avgust oyidan Turkiyanining „Eyüpspor“ jamoasi futbolchisi. 2024-yil yozgi transfer oynasida Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijara shartnomasi asosida oʻtgan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzolagan. Bunyodkor jamoasidagi debyut oʻyinini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazgan. 2023-yilgi mavsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan taklif tushgan. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasida ishtirok etuvchi „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib olgan.

2024-yilgi mavsum yozgi transfer kunlari davrida Eyupspor jamoasi Jahongirni yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganligi sababli Samarqandning „Dinamo“ jamoasi ijaraga bergan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qilgan. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻlgan va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qilgan.

Yutuqlar

| ]
  • 1image AFC U-20 Osiyo kubogi chempioni: 2023
  • 1image Turkiya Birinchi ligasi gʻolibi: 2023/2024

Manbalar

| ]
  1. „Расман: Жаҳонгир Ўрозов Туркия клуби билан беш йиллик шартнома имзолади“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  2. „Расман: Жаҳонгир Ўрозов фаолиятини Туркия чемпионатида давом эттиради“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  3. „“Бунёдкор” бир қатор футболчилар билан шартнома имзолади“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  4. „"Бунёдкор". Ўрозов ва Маҳамаджонов Суперлигада дебют қилади“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  5. „Эшитдик-да! "Бунёдкор" аъзоси Туркия клубига ўтмоқда“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  6. „Эшитдик-да! "Эюпспор" Жаҳонгир Ўрозов учун "Бунёдкор"га қанча пул тўлаши маълум“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  7. „Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг U-20 Осиё Кубогидаги асосий кўрсаткичлари“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.

Havolalar

| ]
  • Jahongir Oʻrozov Soccerway sayti
  • Jahongir Oʻrozov Transfermarkt sayti
  • Jahongir Oʻrozov (Wayback Machine saytida 2023-08-18 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jahongir Oʻrozov haqida, Jahongir Oʻrozov nima? Jahongir Oʻrozov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan