Zafarmurod Abdurahmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zafarmurod Abdurahmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zafarmurod Abdurahmatov
Tavallud sanasi 28-aprel 2003-yil (2003-04-28) (22 yosh)
Tavallud joyi Qamashi tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 170 cm (5 ft 7 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2022 Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Nasaf 40 (1)
Milliy terma jamoa
2021—2023 Oʻzbekiston U-20 16 (2)
2023— Oʻzbekiston U-23 4 (0)
2023— Oʻzbekiston 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 1-noyabr uchun)

Zafarmurod Abdurahmatov (2003-yil 28-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek futbolchisi, Nasaf jamoasi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.

Biografiyasi

| ]

Zafarmurod Abdurahmatov 2003-yil 28-aprelda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Zafarmurod Abdurahmatov — Nasaf futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi mavsumgacha Zafarmurod Abdurahmatov Nasaf U18 jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2021-yil 1-yanvardan Nasaf U21 jamoasiga koʻchib oʻtgan.

Nasaf

| ]

Zafarmurod Abdurahmatov 2022-yil 1-yanvardan Nasafning asosiy jamosida koʻrinish bera boshladi. Uning Nasaf jamoasi tarkibidagi dastlabki oʻyini 2022-yil 2-may kuni Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi bo‘ldi. O‘yinning 90-daqiqasida Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushdi. Ushbu oʻyin 0:1 hisobida Nasaf jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2022-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov umumiy hisobda 7 ta oʻyinda maydonga tushib 229 daqiqa maydonda harakat qilgan.

2023-yilgi mavsum

| ]

Zafarmurod Abdurahmatov 2023-yilgi mavsumda Nasaf jamosi safida Oʻzbekiston superligasida 4 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 249 daqiqa maydonda harakat qildi. 2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasidan soʻng transfer narxi 500 ming $ gacha koʻtarilgan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Zafarmurod Abdurahmatov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifasidagi jamoalarida oʻynagan. Jumaladan Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23. Temur Kapadze qoʻl ostida Oʻzbekiston U19 jamoasida 2022-yil 8-sentyabr kuni Argentina U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. Ravshan Haydarov qoʻl ostida Oʻzbekiston U20 jamoasida 2023-yil 14-fevral kuni Tojikiston U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2023-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo kubogida Oʻzbekiston U20 jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.

Yutuqlar

| ]

Manbalar

| ]
  1. „Zafarmurod Abdurahmatov debyut o'yini“.
  2. „2022-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov statistikasi“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  3. „2023-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov statistikasi“.[sayt ishlamaydi]
  4. „Суперлига. Биринчи давра вундеркиндлари“ (2023-yil 9-iyul).
  5. „Transfermarkt Осиё кубогида қатнашган 3 нафар ўзбекистонлик футболчининг нархини кўтарди“ (2024-yil 21-fevral).
  6. „O'zbekiston U19 jamoasi safida debyut“.
  7. U-20 Oʻzbekiston Osiyo chempioni boʻldi

Havolalar

| ]
  • Zafarmurod Abdurahmatov (Wayback Machine saytida 2023-08-06 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti
  • Zafarmurod Abdurahmatov Transfermarkt sayti
  • Zafarmurod Abdurahmatov Soccerway sayti
  • Zafarmurod Abdurahmatov National-Football-Teams.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Zafarmurod Abdurahmatov haqida, Zafarmurod Abdurahmatov nima? Zafarmurod Abdurahmatov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan