Asrorbek Kenjayev
- Vikipediyada ismi Asror va familiyasi Kenjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Asrorbek Kenjayev | ||
| Tavallud sanasi | 15-iyul 2004-yil | ||
| Tavallud joyi | Gʻijduvon, Buxoro, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 184 m (603 ft 8 in) | ||
| Ampluasi | darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | 16 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2021—2022 | Lokomotiv Toshkent | ||
| 2022—2023 | Chigʻatoy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2023— | Neftchi | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022— | Oʻzbekiston U20 | 5 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Asrorbekbek Kenjayev (2004-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi darvozaboni.
Biografiyasi va karyerasi
| ]Ilk yillari
| ]Asrorbekbek Kenjayev 2004-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. U „Spartak Toshkent“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilda u Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga, 2022-yilda esa „Chigʻatoy“ klubida harakat qilgan. 2023-yilga kelib Kenjayev „Neftchi“ klubiga koʻchib oʻtdi. Asrorbek Kenjayevning transfermarktdagi narxi 50 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).
Lokomotiv Toshkent safida
| ]Asrorbek Kenjaev 2021-yilda (16 yoshida) „Lokomotiv“ klubi safiga kelib qoʻshildi. Jamoa safida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi va bundan tashqari yoshlar jamoasida ham koʻplab oʻyinlar oʻtkazdi.
Chigʻatoy safida
| ]2022-yilda „Chigʻatoy“ga transfer boʻldi. Kenjayev jamoa safida Oʻzbekiston Kubogida 1 ta oʻyinda, Birinchi Liga musobaqasida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]Asrorbek Kenjayev 14 yoshidan boshlab terma jamoaga muntazam chaqirilishni boshlagan. Futbolchi U-14 ,U-15, U-16, U-17, U-18, U-19 va U-20 Oʻzbekiston terma jamoalarida harakat qilgan.
2022-yilning 15-avgustida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga chaqiruv olgan va Yaponiyada boʻlib oʻtgan „SBS Cup“ turnirida ishtirok etgan. „SBS Cup“ turnirida Urugvay U-19 terma jamoasi, Yaponiya U-19 terma jamoasi va Shizuoka U-19 jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Asrorbek Kenjayev Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bilan 2022-yilning 10-sentyabrdan 18-sentyabrgacha Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo Kubigi saralash oʻyinlarida qatnashgan. Bu bosqichda Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi, Xitoy U-20 terma jamoasi, Maldiv U-20 terma jamoasi va Myanma U-20 terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Jamoa guruhda 12 ochko toʻplagan holda 1 oʻrinni egallagan.
„SBS Cup“ va „U-20 Osiyo Kubogi“ saralash oʻyinlarida oʻzini yaxshi koʻrsatganligi uchun Ravshan Haydarovning eʼtiborini qozondi va Oʻzbekiston U-20 terma jamoasidan chaqiruv oladi. Asrorbek Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan 2022-yilning 28-noyabr kuni Qirgʻiziston U-20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi.
Asrorbek Kenjayev Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda 1-18-mart kunlari boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo Kubogida chempion boʻlib, Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan Argentinada boʻlib oʻtgan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Braziliya va Dominikan Respublikasi yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
Kenjayev Argentinada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon Chempionatida Gvatemala U-20 va Isroil U-20 terma jamoalariga qarshi muhim oʻyinlarda maydonga tushdi.
Faoliyatidagi statistikasi
| ]| Yil | Oʻyinlar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
|---|---|---|
| 2022-yil | 6 | 5 |
| 2023-yil | 8 | 4 |
| Jami | 14 | 9 |
Yutuqlari
| ]Oʻzbekiston U19
- · SBS Cup gʻolibi: 2022
Oʻzbekiston U20
- · AFC U-20 Osiyo Kubogi gʻolibi: 2023
Manbalar
| ]- „"Нефтчи" Ўзбекистон U-20 термаси дарвозабони билан шартнома тузди“. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- „transfermarkt saytida Asror Kenjayev“.
- „FAUzbekistan/42773“.
- „FAUzbekistan“.
Havolalar
| ]- Asrorbek Kenjayev (Wayback Machine saytida 2023-08-04 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti
- Asrorbek Kenjayev Transfermarkt sayti
- Asrorbek Kenjayev Soccerway sayti
- 15-iyulda tugʻilganlar
- 2004-yilda tugʻilganlar
- Gʻijduvonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Chigʻatoy klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Asrorbek Kenjayev haqida, Asrorbek Kenjayev nima? Asrorbek Kenjayev nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!