Davron Hoshimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Davron va familiyasi Hoshimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Davron Hoshimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Davron Rustamovich Hoshimov
Tavallud sanasi 24-noyabr 1992-yil (1992-11-24) (32 yosh)
Tavallud joyi Sirdaryo Oʻzbekiston
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
image Metallurg Bekobod
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
...—2010 image Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018 image Paxtakor 148 (5)
2018—2019 image Navbahor 24 (0)
2019—2020 image Lokomotiv 31 (0)
2020—2024 image Navbahor 65 (0)
2024 image Buxoro 8 (0)
2024— image Metallurg Bekobod 8 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 image Oʻzbekiston
2011—2012 image Oʻzbekiston
2013—2020 image Oʻzbekiston 22 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Davron Hoshimov 1992-yili 24-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent viloyatining Metallurg Bekobod futbol klubi yarimhimoyachisi hisoblanadi.

Faoliyati

| ]

Klubda

| ]

Davron Hoshimov Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2015-yilning mart oyiga kelib u Paxtakor tarkibida jami 68ta oʻyinda qatnashdi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi. 2010-yilning oxirigacha „Paxtakor“ shogirdlari safida toʻp surgan, 2011-yil boshidan esa asosiy jamoaga jalb etila boshlagan. U 2017-yil oxirigacha „Paxtakor“da oʻynadi. 2018-yil boshida u Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtgandi. 2019-yilgi mavsum Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga taklif etildi. Bir mavsum Temiryoʻlchilar safida toʻliq harakat qilgan Hoshimov, 2020-yilgi mavsumning 2-davrasidan yana Lochinlar safiga qaytdi. Hozirgi kunda Namanganning „Navbahor“ jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 2024-yil yanvar oyida Namangan jamoasini tark etgan.

Terma jamoada

| ]

2011—2012-yillarda Oʻzbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida toʻp surgan. 2013-yildan boshlab u mamlakat terma jamoasiga jalb qilina boshladi va u 2017-yilgacha oʻynadi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2013-yilning 15-noyabrida Vyetnam terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2015-yilning martiga qadar u terma jamoada ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2015-yilning yozida terma jamoani Samvel Babayan boshqarganidan soʻng, Hoshimov terma jamoa oʻyinlariga muntazam ravishda chaqirila boshladi va koʻp hollarda terma jamoaning asosiy tarkibiga tushdi. 2017-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan.

2019-yil 2-fevral holatiga koʻra

Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Oʻzbekiston 2013-yil 2 0
2014-yil 2 0
2016-yil 8 0
2017-yil 5 0
2018-yil 2 0
2019-yil 3 0
Umuman 22 0

Yutuqlari

| ]
  • 1image Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015
  • 2image Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010
  • 3image Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011
  • 1image Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011

Manbalar

| ]
  1. „Расмий хабар: Даврон Ҳошимов - "Локомотив" футболчиси“. 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2022-yil.
  2. „Ёзги трансфер ойнасида “Навбаҳор”даги ўзгаришлар“. 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2022-yil.
  3. „Даврон Ҳошимов "Навбаҳор"дан кетди“ (2024-yil 6-yanvar).

Havolalar

| ]
  • soccerway.com saytidagi profili
  • footballfacts.ru saytidagi profili
  • transfermarkt

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Davron Hoshimov haqida, Davron Hoshimov nima? Davron Hoshimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan