Henrik Pontoppidan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Henrik Pontoppidan
Tavalludi 24-iyul 1857
Vafoti 21-avgust 1943
Ijod qilgan tillari Dan tili
Fuqaroligi Daniya

Henrik Pontoppidan (1857.24.7, Frederisiya — 1943.21.8, Kopengagen) — daniyalik yozuvchi. Kopengagen politexnika institutini tugatgan (1874—77). Taniqli tarixchi va munaqqid Georg Brandesdan koʻp narsa oʻrgangan va uni eng yaxshi romani — "Jannatmonand yer" (1891 — 95)dagi bosh qahramon prototipi qilib olgan. 1881-yil "Hayot tugadi" hikoyasi haftanomada, "Qirqilgan qanotlar" novellalar toʻplami esa alohida kitob holida chiqqan. Keyinroq "Qishloq hayoti manzaralari" (1883), "Kulbalar ichida" (1887) hikoyalar toʻplamlarini eʼlon qilgan. Yozuvchining keyingi yirik asari — 8 j.li "Omadli Pyer" 1898 — 1904-yillarda nashr etilgan. P.ning 5 j.li soʻnggi romani "Oʻliklar saltanati" (1912— 16)da bosh qahramon yoʻq, unda personajlar koʻp, keng ijtimoiy panorama tasvirlangan, asar markazida turgan radikal siyosatchi uyqudagi xalqni uygʻotishga uringan. "Oʻzlikka olib keladigan yoʻlda" (1943) avtobiografik ocherklar toʻplami ham bor. Nobel mukofoti laureati (1977).

Manbalar

| ]
  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Henrik Pontoppidan haqida, Henrik Pontoppidan nima? Henrik Pontoppidan nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan